Nortoy, Norboy shunga o‘xshash ismlar
Alloh sizdan rozi bo‘lsin. Hazrat Alloh taologa beadat hamdu sanolar bo‘lsin menga bir qiz, bir o‘g‘il ato qildi. O‘g‘lim sunnat bo‘lib tug‘ildi. Ismini Sunnatulloh deb qo‘ydim. Peshonasi o‘rtasida va ikki ko‘zi ustida nori bor. O‘g‘lingni ismini “Nortoy, Norboy shunga o‘xshash ismlar bilan chaqirmasanglar nori kattayib ketadi” deyishdi. Shu to‘g‘rimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
https://islom.uz/content/view/3885/137/ Albatta bu – odamlarning shaxsiy tushunchasi, shariat ahkomlari yoki ta’limotlariga hech qanday aloqasi yo‘q. Bir ism qo‘yilgan farzandga xol tusha boshlasayu uni Xolida deb ismlansa, xol yo‘qolib ketishi to‘g‘risida hech qanday hadis, ta’limot, gap-so‘z dinimizda yo‘q. Xol chiqishi yoki shunga o‘xshash boshqa bir holatlar insonning jismidagi o‘zgarishlarga, xususiyatlarga bog‘liq bo‘ladi, bularning ismga hech qanday aloqasi yo‘q. Qandoq ism qo‘yilsa, o‘sha ism yaxshi bir holatda davom etaverishi mumkin. Yuqoridagiday Anora, Normurod degan ismlarni odamlar o‘zlaricha o‘ylab qo‘yishgan, buning diniy ta’limotlarga hech qanaqa aloqasi yo‘q, bunday e’tiqodlarga bormaslik kerak. Balki o‘sha bola tug‘ilganida qo‘yilgan ism yaxshi islomiy bo‘lsa mutlaqo o‘zgartirmay, ko‘ngilsiz holatlar yuz berganida tibbiy muolajalar bilan tuzatish imkoni bo‘lsa, shuning harakatini qilish kerak va doimiy ravishda Alloh subhanahu va taolodan o‘sha noqulay holatni ketkazishni so‘rash kerak. Nomni o‘zgartirish bilan bir narsa bo‘lib qolishi dinimiz ta’limotlarida yo‘q (Alloh biluvchidir).
26 May 2022, 17:10 | Savol-javoblar | 126 | Turli savollar