Kutubxonada jarima

Assalomu alaykum! Bizning kitob do‘konimiz bor. Do‘konimizning bir burchagiga do‘kon ochishimizdan avval o‘zimiz va farzandlarimiz uchun harid qilgan kitoblarni olib borib kutubxona tashkil qilganmiz. Chunki baribir uydagi kitoblarni hammasini bir vaqtning o‘zida o‘qiy olmasdik. U erdagi kitoblarni istalgan kitobxon olib ketib o‘qib, keyin yana qaytarib olib kelishadi. A’zolik, kitobni o‘qib qaytarib olib kelish uchun ham hech qanday haq olmaymiz. Hammasi mutlaqo bepul. Faqatgina sababsiz, ogohlantirishsiz kitobni o‘z vaqtida qaytarmagan odamdan kech qolgan har bir kuni uchun ming so‘mdan jarima olamiz. Jarimadan to‘plangan pullarni ham kutubxonaga kitob qo‘shishga sarflaymiz. Ba’zi bir sahovatli odamlar ham boshqalarning ilm-ma’rifati, hidoyatlari ziyoda bo‘lishiga o‘z hissalarini qo‘shish, undan ajr olish maqsadida kutubxonamizga kitoblar qo‘shib kelishyapti. Savol: Zakotimiz miqdorini hisoblashda shu kutubxonamizdagi kitoblarning qiymatini ham qo‘shishimiz kerakmi yoki yo‘qmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tolibi ilmlar kutubxonasidagi kitoblarni qiymatini zakot nisobiga qo‘shishmaydi. Kitoblarni olib ketuvchilardan “Vaqtida olib kelib bermasangiz har bir kuniga shunchadan mablag‘ni faqir-miskinlarga ehson qilaman deb va’da bering” deb va’dasini olib olinglar va tushgan pulni o‘zlaringizga ishlatmasdan faqir-miskinlarga ishlatib yuboringlar. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 17:24 | Savol-javoblar | 162 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar