Salom berish joizmi va hadislar
Assalomu alaykum! 1. Masalan, bir odam televizor ko‘rayotgan bo‘lsa, va uning avrati ochiq bo‘lsa, unga salom bersa bo‘ladimi? Va buning hukmi nima? 2. Payg‘ambarimiz sollollohu alayhi vasallam: Kim Alloh azza va jallaning kitobidan bir oyat o‘rgansa, (o‘sha oyat) qiyomat kuni bandani kulib turgan holda qarshi oladi - deb marhamat qildilar. Tabaroniy rivoyati. Ushbu hadis saxixmi? Va bu erdagi bir oyatni o‘rgansa gapini qanday tushunsa bo‘ladi? Ma’nosini deganimi? 3. Payg‘ambarimiz sollollohu alayhi vasallam aytadilar: Kim o‘smirligida Qur’on o‘rgansa, Alloh(Qur’onni) uning go‘shtiga, qoniga aralashtirib yuboradi. Bayhaqiy Shuabul iymonda rivoyat qilgan. Shu hadis saxixmi yoki hasan?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Avrati ochiq odamga salom berish shart emas. 2). O‘sha oyatni o‘rganib, amal qilsa deb tushuniladi. 3). “Kim o‘smirligida Qur’on o‘rgansa, uning go‘shtiga va qoniga aralashib ketadi” degan lafz bilan kelgan. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 01:49 | Savol-javoblar | 184 | Hadislar