Telefondagi hayosiz suratlarning namozga ta’siri qanday?

Men asosan telefondan suhbatlashish uchun maxsus dasturlardan foydalanaman. Unda mening do‘stlarim gruppalarga qo‘shib qo‘yishgan. Tabiiyki, har xil odam bor, hayosiz surat va videolarni jo‘natadi va buni telefonimning o‘zi ko‘chirib olib, o‘z xotirasiga saqlab qo‘yadi. Bir domla: "Bunday holatdagi telefon bilan umuman namoz o‘qib bo‘lmaydi, namoz qabul bo‘lmaydi, masjidga ham kirib bo‘lmaydi" dedi. Shu gap to‘g‘rimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Buni so‘rashning o‘rniga, telefonda o‘sha narsalar bo‘lmasligi uchun harakat qilish kerak. O‘sha ish bilan mashg‘ul bo‘ladiganlar bilan oshno bo‘lmaslik lozim.

1 May 2022, 08:55 | Savol-javoblar | 164 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar