Taroveh namozidagi holatlar

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, bir ikki taroveh namozlarida yonimdagi namozxonlar sano, takbir, attaxiyyat va boshqalarni yuqori ovozda pichirlab o‘qishdi. Bu holat namozimga futur etkazdi. Hattoki chalg‘ituvchi pichirlashlar har gal qiyomda “Robbana lakal xamd”ni qiynalib aytishimgacha olib keldi. Bunday holatlar masjid va jamoat namozi odob-axloq qoidalari zid emasmi?

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh taolo “Oli Imron” surasi 134-oyatida marhamat qiladi:الَّذِينَ يُنفِقُونَ فِي السَّرَّاء وَالضَّرَّاء وَالْكَاظِمِينَ الْغَيْظَ وَالْعَافِينَ عَنِ النَّاسِ وَاللّهُ يُحِبُّ الْمُحْسِنِينَ۝Ular engillikda ham, qiyinchilikda ham nafaqa qiladiganlar, achchig‘ini yutadiganlar va odamlarni afv qiladiganlardir. Alloh yaxshilik qiluvchilarni sevadir.
Ushbu oyatda Allohga eng muqarrab bandalarning sifati bayon qilinmoqda.
1-ular achchiqlarini ichiga yutadilar. Achchiqni yutish uchun albatta kimdir uning achchig‘ini chiqargan bo‘lishi kerak. inson achchig‘ini chiqarayotganlar tarafiga emas, balki achchig‘ini yutib, Allohni suyukli bandalari qatoriga qo‘shilish tarafiga qarashi kerak. buni “xulqi hasan” deyiladi.
2-ular achchig‘ini ichiga yutib qolmay bu holatga tushishiga sabab bo‘lganlarni kechirib ham yuboradilar. Bu maqomni “xulqi karim” deyiladi.
3-ular kechiribgina qolmay, ularga ozor berganlarga ehson va yaxshilik ham qilib qo‘yadilar. Bu “xulqi azim”dir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday maqomda edilar. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 13:38 | Savol-javoblar | 145 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar