Xaj qilishdan maqsad

Assalomu alaykum! Bir inson menga bir savol berdi. Lekin men javob bera olmadim. U kishining savoli shunday edi." Ka’baning ichida xech narsa yo‘k ekan nega musulmonlar buni bilib turib u erga borishadi? Nima uchun xaj qilish farz bo‘lgan? Xaj va umraga borib Ka’bani aylanib tavof qilib qaytishdan maqsad nima? Bu faqat insonlarni moddiy tarafdan qiynaydi?" degan savollarni berdi, men nima deyishni bilmay qoldim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Inson ko‘zga ko‘rinadigan narsadan tashqari ko‘zga ko‘rinmaydigan narsalar ham bor. U Yaratuvchi bilan banda o‘rtasidagi bog‘liqlik. U narsani siz o‘sha Ka’bani oldiga borib, Ka’baga ko‘zingiz tushishi bilan his qilasiz. Ungacha “Meni bu dunyoga kelib yaratilishimdan maqsad nima, yashab umrim tugagach oqibatim nima bo‘ladi” shuni fikrini qilsin. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 17:45 | Savol-javoblar | 149 | Haj va umra
|
Boshqa savol-javoblar