Birja to‘g‘risida
Assalomu alaykum! Men birja to‘g‘risidagi savol-javoblarni o‘qib chiqdim. Turli xil ekan. Ba’zilarida shayx hazratlarining o‘zlari birja joiz deganlar, ba’zi joylarda faqat neft oldi sotdisi joiz deganlar, ba’zi hollarda zikr ahlidan so‘rang hay’ati birjani umuman joiz emas debsizlar va bunga etarlicha asos keltirilgan. Umumiy tushuncham bilan shu savolni bermoqchiman: hech qanaqangi depozit, hech qanaqangi noshariy ishlarga aralashmasdan faqat neft va oltin oldi sotdisi bilan shug‘ullansam bo‘ladimi? Bunda foyda faqat arzonligida olib qimmatlashganda sotganda qoladi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Odatda birjada asli yo‘q narsalar sotiladi. Masalan oktyabr oyida keyingi yil bahorda zavoddan chiqadigan tsement sotiladi. U qo‘ldan-qo‘lga etib borib iste’molchiga etgunicha bahor ham keladi. Shariatimizda asli yo‘q narsani savdosi halol emas. Qolaversa siz dunyo birjasidagi neft magnatlari yoki oltin konlari bor odamlar bilan savdo qiladigan darajasida bo‘lmasangiz ham kerak. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 18:07 | Savol-javoblar | 145 | Halol va harom