Namoz buzilganmi?

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, men kecha shom namozini o‘qish uchun masjidga borganimda masjid imomi yo‘q ekanlar. O‘rnilariga azon aytuvchi inson shom namozini o‘qib berayotganlarida farzini adashib 2 rakat o‘kib qo‘ydilar. Men u kishiga 2 rakat bo‘lib qoldi deb aytdim va turib yana 1 rakatga niyat kilib o‘kib so‘ng sajdai saxv qildik. Shunday o‘kish to‘g‘rimi?
2. Bu masjitda bazi xollarda masjid imomi bo‘lmay koladilar. Shunday xollarda azon aytuvchi inson o‘zlari oyoqlari oqsoqligi va og‘rigani uchun meni imom bo‘lib o‘kib berishimni aytadilar. Men o‘zim namozni boshlaganimga 5-6 oy bo‘lgan tajvidim ham uncha yaxshi emas. Masjidda ko‘pi bilan 5-6 kishi namoz o‘qiymiz, ular xam meni o‘qib berishimni so‘rashadi. Men imom bo‘lib o‘kishga xakli bo‘lmasam xam imom bo‘lib o‘kivotganim uchun gunoxkor bo‘lishdan ko‘rikvomman. Maslaxat beringlar. Rahmat sizlarga.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). To‘g‘ri emas. Ayni shunday holatda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam namoz o‘qiganlari hadislarda kelgan. Fuqaholarimiz u hadisni mansuh bo‘lgan deyishgan. 2). Qolganlarining qiroati ham siz kabi bo‘lsa imom bo‘lishinngiz mumkin. Sizdan ko‘ra qiroati yaxshiroq odam iqtido qilsa, namozi durust bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 08:13 | Savol-javoblar | 158 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar