Vaqtni zoe ketkazish
Assalomu alaykum! Vaqtni befoyda narsalarga sarflashning hukmi qanday? Men kompyuterimdan wi-fi tarqatib boshqalarni internetga ulanishiga sharoit yarataman, ular vaqtini YouTube, Instagram, Tiktok va shunga o‘xshagan joylarda o‘tqazishadi. Ko‘p holatlarda befoyda narsalarga. Agar vaqtni behuda sarflash gunoh bo‘lsa bunda menga ham gunoh bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Albatta inson berilgan ne’matlar haqida so‘raladi. Bu ne’matlarning avvalida boshqa ne’matlarga sabab bo‘ladigan umr ne’mati turadi. Alloh taolo qiyomatda bu ne’matni nimaga sarflaganini bandadan albatta so‘raydi. Shuning uchun mo‘min kishi umri va unga berilgan vaqtni befoyda ishlarga sarflamasligi kerak. Siz tarqatgan internetni boshqalar befoyda vaqtlarini isrof qilishga sarflashlarini bilar ekansiz, ularning umrini zoyo bo‘lishiga sabab bo‘lasiz. Ularning gunohlariga sherik bo‘lmang. عَنْ مُعَاذِ بْنِ جَبَلٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ : النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ لاَ تَزُولُ قَدَمَا عَبْدٍ يَوْمَ الْقِيَامَةِ حَتَّى يُسْأَلَ عَنْ أَرْبَعٍ : عَنْ عُمُرِهِ فِيمَا أَفْنَاهُ ، وَعَنْ جَسَدِهِ فِيمَا أَبْلاَهُ ، وَعَنْ مَالِهِ مِنْ أَيْنَ اكْتَسَبَهُ وَفِيمَا وَضَعَهُ ، وَعَنْ عِلْمِهِ مَاذَا عَمِلَ فِيهِ Muoz ibn Jabal roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: U kishi aytdilar:
Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Qiyomat kuni bandaning ikki oyog‘i, to‘rtta narsadan so‘ralmaguncha (o‘rnidan siljimaydi) davomli bo‘ladi: umrini nimaga sarf qilgani, jasadini nimaga zoe ketkazgani, boyligini qaerdan kasb qilib va uni qaerga ishlatgani, ilmiga qanday amal qilgani haqida, so‘raladi”, dedilar.
Sunani Dorimiy. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 18:07 | Savol-javoblar | 139 | Turli savollar