Nasiyaga olib naqdga sotib yuborish

Assalomu alaykum! Men nasiyaga narsa olib sotaman (variant deyiladi xozirgi kunda) bir do‘stim mendan 1200$ narxlik telefon olib berishimni so‘radi. Ma’lum vaqtga 1500$ qilib bo‘lib to‘lashiga kelishdik. Keyin bilsam unga pul zarur ekanligi uchun telefonni mendan olib olingan narxiga sotib menga oyma oy pul bermoqchi ekan. Men shu holatni bilib turib unga telefon olib berishim ribo bo‘lmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Do‘stingiz sizni o‘zingizdan nasiyaga olib o‘zingizga sotmasa bo‘ldi. Boshqa birovga sotsa joiz. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 18:07 | Savol-javoblar | 152 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar