Dollar bankda va bozorda

Assalamu alaykum! Bir odam chet davlatdan do‘stiga(O‘zbekistonga) bank orqali dollar jo‘natdi.  Qarz olgan do‘sti pulni bozorda so‘mga almashtirdi. Qarzni qaytarish vaqti kelganda, qarzdor pulni bank orqali davlat narxida dollar hisobida jo‘natsa bo‘ladimi? Bu harom ish emasmi? Chunki O‘zbekistonda davlat kursi bilan qora bozorda tafovvut juda katta. Tashakkur!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Qancha dollar olgan bo‘lsa o‘shancha dollar qaytarsa bo‘ldi. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 06:08 | Savol-javoblar | 152 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar