Boshqa sifatga kelishib boshqacha mahsulot yasash

Assalomu alaykum! Temir mahsulot yasaydigan ishlab chiqaruvchi mahsulotning narxiga 2 millimetrli metal xom ashyosining narxi va vaznini qo‘ydi va haridordan shu hisoblangan pulni oldi. Lekin 2 millimetrli metal narxi va vaznini qo‘ygani haqida haridor bilan kelishib olmadi. Haridor ham aynan shu qalinlikdagi metaldan yasashni aytmagan va talab qilmagan. Ammo ishlab chiqaruvchi yasalayotganda 1 millimetrli metaldan yasab berdi. Mahsulot uchun olgan puli halolmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Agar xaridorga 2 mmlik o‘rniga 1 mmlik metaldan yasaganini aytmasa, bu muomalasi halol bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 18:18 | Savol-javoblar | 176 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar