Kolbasali salat
Assalomu alaykum! Salat eyish taklif qilanganda xurmat yuzasidan bir qoshiq edim. Og‘zimga solganimda salatda kolbasa borligini bildim, chiqarib tashlash beodoblik deb yutib yubordim. Kolbasada cho‘chqa go‘shti bormikin deb o‘ylayapman. Ichni cho‘chqa go‘shtidan tozalash qanday bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhuning bir quli bo‘lib, johilyat davrida folbinlik qilar edi. Islomga kirgach uni hammasini tark qildi. Bir kun Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhuga taom keltirib berdi. Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu undan tanavvul qildilar so‘ng qaerdan olganini so‘radilar. Qul : “Johillik davrida folbinlik qilar edim, odamlarni aldab pulini olar edim. O‘shanda bir kishi folbinligim evaziga haqini bermagan edi. Bugun o‘sha haqni berdi, siz egan taom o‘shandan” dedi. Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu tezda o‘rinlaridan turib qo‘llari og‘ziga tiqib qay’ qilib yubordilar. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 03:18 | Savol-javoblar | 140 | Halol va harom