AYoLLAR TUGRISIDA AYRIM SAVOLLAR
Assalomu alaykum muxtaram ustoz! Men muxlisingiz Chustlik Umidjonman.Sizga oilaviy va ayollar tugrisida savollarim bor edi.1. Men uylanganman, 2 nafar uglim bor, xali balogatga etishmagan, keyingi endi 3 oylik buldi. Ayolim uzi fe’li yaxshi ayol, lekin namoz ukimaydi. Ayolimni namozga kanday tartibda buyursam buladi. Buni uziga xos yullari bormi. Urib majburlashga meni kuzim kiymaydi. Tabiatan kunglim yumshok. Maslaxatingizga va tavsiyalaringizga muxtojman.2. Xozirgi xolatdan xabaringiz bor, ayollar kiyinishda, bezanishda shariat chegarasidan chikib ketishmokda. Kuchalarda yurish biz erkaklarga kiyin bulib koldi. Kaerga karamang, yarim yalangoch, ochik-sochik kiz ayollarni kurasiz. Shunday sharoitda kuzni ularga karamaslikdan kanday asrash mumkin. Buning tajribadan utgan yul-yuriklari bormi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Xotiningizga yaxshilik bilan nasiyhat qilishda davom eting. Jarir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan to‘satdan nazar tushib qolishi haqida so‘radim. Bas, U zot, ko‘zingni boshqa tomonga bur, dedilar».Beshovlaridan Buxoriy rivoyat qilmagan.Nomahram shaxsga qasddan, shahvat nazari bilan ko‘z tikish haromdir. Ammo, noqasddan nazar tushib qolishi gunoh hisoblanmaydi. Ammo, ushbu hadisi sharifda bayon qilinganidek, darhol ko‘zni boshqa tomonga burib olish sharti bilan. Mo‘min-musulmon kishilar bu hukmni hech qachon unitmasliklari lozim.Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam:«Ey Ali, nazarga nazarni ergashtirma. Albatta, birinchisi sen uchun bezarar bo‘lsa ham, boshqasi undoq emas, dedilar». Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilishgan.Birinchi nazar, nomahramga to‘satdan tushgani uchun zararsiz hisoblanadi, gunoh bo‘lmaydi. Ammo undan keyin yana qayta nazar solishni to‘satdan, deb bo‘lmaydi, bunisi qasddan bo‘lgan bo‘ladi va gunoh hisoblanadi.
30 Aprel 2022, 17:51 | Savol-javoblar | 158 | Oila va turmush