Nazr qilishda ikkita niyat

Assalomu alaykum! Xabaringiz bor butun dunyoda Sovid-19 virusi tarqab dunyo ahli sinovli vaqtlarni o‘tkazmoqda. Shu jumladan, musulmon diyorlari ham bundan xoli emas. Bu virus kasalligi bizning oilani ham chetlab o‘tmadi. Men va ayolim kasallanib ancha isitmalab yotdik. Davolash vaqtida, men "Inshaalloh sog‘ayib ketsak faqir-miskinlarga bir qo‘y so‘yib go‘shtini yoki shu qo‘y qiymatida pul ehson qilaman" deb niyat qilib nazr qilgan edim. Alhamdulillah sog‘ayib ancha yaxshi bo‘lib qoldik. Keyin bilsam, men ko‘zlagan faqir insonlarning muhtojligi go‘shtga emas, ko‘proq ularga pul zarur ekan. Sababi, farzandlariga yangi o‘quv yiliga bolalariga kiyim, o‘quv anjomi olib berish, kimdir uyidagi bemor kishini davolash, dooi-darmon, yana kimdir ro‘zg‘or kamchiligini to‘ldirish maqsadida ularga pul juda zarur ekan. Savolim: Nazrdagi niyatimni hisobga olib, o‘sha faqir insonlarga go‘sht emas, pul qiymatida nazr ehson qilsam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Naziringizni ado qiling. Yana kasal bo‘lib qolsangiz nima qilasiz? Vallohu a’lam!

10 May 2022, 18:18 | Savol-javoblar | 156 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar