Assalomu alaykum va rahmatullohu va barokotuh deyishlik

Assalomu alaykum! Men musulmon birodarimdan eshitdim bitta odam oldidagi odamga assalomu alaykum va rahmatullohu va barokotuh desa haligi odam unga to‘liq alik olmasa (Va alaykum va rahmatullohu va barokotuh) demasa qiyomatda o‘sha odam u odamdan qarz bo‘lib qolar ekan. Shu narsa qiyomatda o‘sha odamni qarzini qaytarishlik uchun savobidan yulib olinar ekan deb eshitdim. Shu narsa rostan ham to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Yo‘q. Salomdan alikni chiroyliroq qilish kerak, lekin qarzdor bo‘ladi degan gap yo‘q. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 18:29 | Savol-javoblar | 166 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar