Penyani mukofot tarzida berish

Assalomu alaykum! Qonunda shartnoma ishtirokchi bo‘lgan har bir taraf uchun, ya’ni buyurtmachi va ijrochi uchun tovar, ish va xizmatlarni kechiktirganlik uchun javobgarlik bor. Bu turli foizlardagi penya bilan ifodalanadi. Ayni paytda, da’vo qiluvchi taraf sud orqali penyadan tashqari etkazilgan zarani undirishi mumkin. Bu ish bilan esa korxona yuristlarining vazifasi. Shuningdek, qonunda "yuridik xizmat xodimlari har chorakda sudgacha va sud tartibida davlat organi va tashkiloti foydasiga hal qilingan nizolar yuzasidan undirilgan summaning 5 foizi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 50 barobaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda mukofotlanadi" deb belgilangan. Shu masala menda paydo bo‘lgan savollarga javob berilishida yordam so‘rayman 1. Menga yuristlik qilganim uchun oylik to‘lashadi. Penya undirish chorasini ko‘rish esa mening vazifalarim qatoriga kiradi. Oyligim halol bo‘ladimi? 2. Agar javobgar tarafdan ham penya, ham etkazilgan zarar undirilsa, qaysi qismdan mukofot olishim mumkin? aslida mumkinmi? Savol uzun bo‘lganligi uchun uzr so‘rayman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Nasiya savdo yoki xizmat ko‘rsatish shartnomalarida majburiyatni o‘z vaqtida bajarmaganligi uchun jarimani shart qilish joiz emas. Bularni undirib berish ham joiz emas. Ishingizni shariatga moslashtiring. Vallohu a’lam!

18 Noyabr 2023, 07:56 | Savol-javoblar | 0 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar