Moliyaviy qarz

Assalomu alaykum! Hozirgi kunda ayrim banklar tomonidan jismoniy shaxslarga ma’lum bir mablag‘ni oylik ish xaqidan oyma-oy ushlab qolish sharti bilan, foizsiz ma’lum muddatga plastik kartochkaga o‘tqazib beradi. Misol uchun o‘tkazilgan mablag‘ 12 mln so‘m bo‘lsa, bir yil davomida oyma-oy qaytariladigan mablag‘ 1 mln so‘m va natijada jami qaytariladigan mablag‘ 12 mln. Bank ajratgan pulni jismoniy shaxs xoxlagan joyida emas faqatgina bank bilan kelishuvi bor do‘konlar(maishiy texnika do‘konlari)da xaridni amalga oshirsa bo‘ladi. Jismoniy shaxs ushbu do‘konlarga borganda ular tovarlarni bu shaxsga odatdagidan qimmatroq narxga sotishadi. Qimmatroq narxga sotishini sababi bank bilan do‘konning kelishuvi. Shu xizmatdan foydalanish joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Do‘konlar nasiyaga qimmatroqqa joiz. Ammo boshqa do‘kondagi narxlardan naqdga sotsa qimmatga sotishga haqqi yo‘q. Do‘kon egalari karta chiqargan bankka dallolik qilgani uchun o‘zining foydasidan berishi joiz. Ammo o‘sha foydani plastik olgan kishilarni bo‘yniga yuklab qo‘yishi joiz emas. Go‘yoki bank bergan qarzining foizini do‘kon egalari undirib bergan bo‘lib qoladilar xolos. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 22:23 | Savol-javoblar | 163 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar