Obunachi yig‘ish

Assalomu alaykum! Yaqinda Telegramda bir gruppa topdim, u erda bir soha vakillari o‘ziga kerak bo‘lgan xizmat turini ushbu gruppada e’lon qilishadi. Xizmat ko‘rsatadiganlar esa e’lon orqali qo‘ng‘iroq qilib, kelishib, ishlashadi. Menda ham huddi shu sohadagi e’lon gruppasini ochish istagi paydo bo‘ldi, ammo bu sohadagi obunachilarni qanday topishni bilmay turibman. Yuqoridagi mavjud gruppaning obunachilariga shaxsiy birma-bir yozib gruppamni reklama qilishim joizmi? Bunday qilish o‘g‘irlik yoki insofsizlik emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ushbu tarmoqda shaxsiy orqali notanishlarga beso‘roq yozish faqat bezovtalikka, noma’qul holatlarga sabab bo‘lmasa, joiz. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 19:01 | Savol-javoblar | 151 | Mediya
|
Boshqa savol-javoblar