Taksichi va mijoz kelishuvi

Assalomu alaykum! Men bir oycha avval qabristonga ziyoratga borgandim yaqin dugonamni ham olip chiqqandim chunki u erda uni onasini qabri ham bor edi, bitta taksi toptim va obarip ob kelishga yolladim aytgan pulidan biroz koproq berdim (rozi bolgan holimda) chunki yol uzoq uyam tirikchilik dep yuripti degandim. Yolda u kishiga aka vaqtiz bemalolmi men bitta yaqinim qabrga qoyildi yaqinda uni qabrini topishim kerak biroz kutip turasizmi degandim uyam rozi bolgan holida kettik va bordik, u erda 1.5-2 soatlarcha yurdik va qabrni topdik biz u erdagi qabrlarni korip hayrotda qoldik juda katta rasmlar hatto gazon gacha toshap qoyishipti astagfirulloh, biz u erdan juda katta hikmat tafakkur qilgan holda chiqdik alhamdulillah, lekin taksiga otirganimizda boyagi amaki sizlarni 2 soat kuttim hatto ketip ham qalmoqchi boldim endi shu 2 soatimga manashuncha pul tolaysan dep turip oldi hayratda qoldim ahir men undan vaqtiz bemalolmi dep oldinnan soragandim, nailoj aytilgan pulidan 5 ming kamroq berdim (chunki boshqa pulim qolmagandi) unga rozi boling dep uzattim, bermasak kochada qolardik chunki u erga taksi bormaydi, savolim bu erda kim haq? Agar u nohaq bolsa ertaga ohiratda mennan qarzdor boladimi? Yoki ayb mendamidi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz o‘zingiz ham “Vaqtiz bemalol” deganda 2 soatni nazarda tutmagandirsiz. Kutgani uchun ortiqcha haq olishi mumkin. Kelishilmagan holatda odatda 2 soat kutganiga qancha olsa shuncha berishingiz kerak. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 19:01 | Savol-javoblar | 145 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar