Behos gunox

Assalomu alaykum! Men o‘zimni qondirmaslikka Allohga vada bergandim va bu ishni qilmayotgandim tavba ham qilib yurgandim. Ammo bugun yuvinish uchun kirganimda behosdan o‘z a’zoyimni 3-4 bor ushlaganimdan so‘ng kutilmaganda urug‘ chiqib ketdi. Ammo men umuman bu ishni kutmagandim, hayolimda ham ayollar yoki boshqa narsalarni o‘ylaganim yo‘q edi, so‘ng afsuslangan holda taxorat olib yuvinib chiqib tavba namozi o‘qidim. Meni gunoh ish qildimmi garchi behos bo‘lsa ham va men tavba qilsam gunohim kechirilishi mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Allohdan qo‘rqing, o‘ziga tavba qiling. Qaytib bu ish va unga sabab bo‘ladigan narsalarga yaqinlashmang. Qasam ichgan bo‘lsangiz kafforatini to‘lang. Mutaxassis shifokorlar bu narsaga mukkasidan ketgan odamlarning quvvati pasayib, uylanganida ayoliga yaramay qolib, natijada ayollari erlariga xiyonat qilishga sabab bo‘lishi mumkinligini aytishmoqda. Bu esa oilalarning buzilishiga olib keladi. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 20:07 | Savol-javoblar | 158 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar