Shunday qilsam noto‘g‘ri emasmi?

Assalomu alaykum! Men oddiy o‘rtahol yashaydigan odamman. Meni bir do‘stim bor. U mendan ko‘ra oilaviy holati to‘qroq. Do‘stim menga ko‘p yordamlar qilib turadi. Men hijolat bo‘laman chunki men ham do‘stimga shunaqa yordam qilishga hozir qodir emasman. Shuning uchun doim Alloh qodir qilganicha(100-200...) Tahlil aytib, Allohdan do‘stimni nomai amali daftariga yozib qo‘yishini so‘rayman, va namozlarimda do‘stimni haqqiga duodaman. Aytinglarchi ustozlar. Tirik do‘stimni nomiga Tahlil aytib savobini unga bag‘ishlasa bo‘ladimi? Inshaalloh bu ishim yaxshi bo‘lsa qiyomatda do‘stimga bildiraman. Hozircha habari yo‘q o‘zini.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Uning haqqiga duo hayrda bo‘lsangiz, Alloh sizga qilgan yaxshiligini yaxshilik bilan mukofotlaydi, o‘ziga ham yaxshiligiga tashakkur izhor qilsangiz rahmat aytsangiz yaxshi bo‘ladi. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 19:50 | Savol-javoblar | 154 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar