Sotib olingan onlayn darsliklar

Assalomu alaykum! Telegram kanalida pazandalar tomonidan onlayn pullik darslar sotiladi. U darslarni biz pulga sotib olganimizdan keyin bular omonat deyishadi? Savolim shuki pulga sotib olgan narsamiz bizni haqqimiz emasmi? Omonat deyishlari to‘g‘rimi? Bu darsni qarindoshimiz yaqin tanishimiz so‘rasa tashlab berishimiz gunohmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz sotib olganingizdan keyin u sizni haqqingiz bo‘ladi. Sotmasangiz bo‘ldi. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 21:01 | Savol-javoblar | 165 | Mediya
|
Boshqa savol-javoblar