Uylanish bobida
Assalomu alaykum!Xurmatli shayx janoblari!Sizni va barcha ulkamiz musulmonlarini yakinlashib kelaetgan muborak ruzai-ramazon ayyomi bilan tabriklayman! Olloxdan Siz muxtaram zotga soglik va omonlik surayman! Yaratganning uzi bilimlaringizni bundanda keng kilsin!Ruxsatingiz bilan ayni kunlarda meni kiynayotgan bir mavzuni va uning echimini Siz bilan baxam kursam.Yoshim 24 da, bir davlat tashkiloti ishchisiman, Olloxga beadad shukurlar bulsinkim, ish joyimda va shaxsiy xayotda Parvardigorni e’tiboridan kolgan emasman.Meni kiynayotgan yagona bir masala, uylanish masalasi, men xozirda viloyatdan kelib poytaxtda ishlayapman...Barchada bulgani kabi kiz tanlashda men xam juda-juda kiynalayapman, sababi men kungil kuygan kiz takdirimiz kushilmaganligi sababli turmushga chikib ketgan. Usha kizdan sung kunglim xech bir kizga isimayapti, ammo menga nomzod kilib kursatilayotgan kizlar juda boadab va ilmli kizlar...Ammo kelgusida begona yurtda menga issigu-sovukda birdek sherik bula oladigan kizni tanlay olmayapman. Uydagilar bulsa shoshirishmokda...Bilishimcha, shariatda xotinni turt belgisiga karab tanlanadi: mol-mulki, nasabi, xusni diniy ilmi.Xurmatli Shayx, bu shartlardan tashkari yana nimalarga e’tibor karatish lozim, agar kungilga kulok solay desam u jim-jit.Kursatgan yordamingiz va bir osiy bandani bulgusi katta xayotini kurishdagi kumagingiz uchun oldindan tashakkur.Kupni kurgan va tajribali forum katnashchilari, Sizlarning kimmatli maslaxatlaringiz xam men uchun juda kadrli! Ollox xar birimizni iymon yulidan adashtirmasin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
MUNOSIB KELINOila qurushga odatda erkak tomon harakat boshlaydi. Oila qurush uchun eng avval qilinadigan ish munosib kelin axtarish bo‘ladi. Qandoq kelin munosib kelin hisoblanadi? degan savolga turli xalqlar, turli vaqtlarda turlicha javob berganlar.Boshqa narsalar qatori musulmonlar bu nozik masalada ham o‘z dinlari ko‘rsatmalari asosida javob berganlar. Qisqaroq qilib aytadigan bo‘lsak, musulmonlar bu qiyin masalada ham Allohning marhamati ila hech qiynalmaganlar. Ularga bu ishda ham Islom shariati yordamga kelgan. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam O‘zlarining bir qancha hadisi shariflarida munosib kelin qandoq bo‘lishini bayon qilib berganlar.Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Ayolni to‘rt narsa uchun nikohlanur; moli uchun, hasabi uchun, jamoli uchun va dini uchun. Bas, dindorini tanla, qo‘ling tuproqqa qorilgur»-dedilar». Beshovlari rivoyat qilgan.Biror ayol kishiga uylanishdan oldin uning qiziqtiradigan sifatlariga qaraladi. Ushbu hadisi sharifda o‘sha nikohiga rag‘bat qilinadigan ayolda bo‘lishi lozim yaxshi sifatlardan to‘rtta eng mashhuri va ommaviysi haqida so‘z ketmoqda.Agar ushbu to‘rt sifat bir kelinlikka nomzodda topilsa juda yaxshi bo‘ladi. Mol ham, jamol ham, hasabu nasab ham, dinu diyonatga qo‘shilib bir qizni muzayayan qilib tursa, albatta, yaxshi bo‘ladi.Ammo, mazkur to‘rt sifatni bir-biri bilan solishtirganda dindorlikka teng keladigan sifat yo‘q. Balki, qolganlari hammasi qo‘shilsa ham, ularga yana boshqa bir qancha yaxshi sifatlar qo‘shilsa ham dindorlik sifatiga eta olmaydilar. Chunki, moldorlik vaqtinchalik sifat. Qolaversa, kelinning moli-mulkining ko‘pligi uning xovliqishiga, kuyovni va uning yaqinlarini mensimasligiga sabab bo‘lishi ham mumkin. Dindorlik bo‘lmagan joyda ko‘pincha moldorlik noqulay ishlarga sabab bo‘lishi turgan gap.Hasabi-nasabi yaxshi kelin, albatta, yaxshi. Lekin faqat hasabi-nasabiga ishonish ham bir o‘zi yaxshilikka olib kelmaydi. Ota-ona, bobo-momolar yaxshi o‘tgan bo‘lsalar yaxshi, lekin ular uylarida qoladilar. Kuyovnikiga kelin keladi. Agar kelin dindor bo‘lmasa, hasabi va nasabi bilan faxrlanib kuyovni va uning yaqinlarini xijolat qilishi mumkin.Jamol ham o‘zicha yaxshi narsa. Lekin, bu ham o‘tkinchi narsa. Ma’lum muddatdan keyin kelinning jamoli o‘zgarishi turgan gap. Buning ustiga faqat jamolga suyanib ish qilish ham yaxshilikka olib bormaydi.Shuning uchun ham Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam dindor kelinni ixtiyor qilishga buyurmoqdalar. Chunki, dindorlik haqiqiy va bardavom, eng yaxshi sifatdir. Kelin dindor bo‘lsa, kuyovning va uning yaqinlarini hurmat qiladi. Oilaning haqiqiy ustuni va porlab turgan chirog‘i bo‘ladi. Undan dunyoga keladigan farzandlar ham ajoyib insonlar bo‘lib etishadilar. Dindor kelin shariat ko‘rsatmasi bo‘yicha, o‘z burchi va mas’uliyatlarini to‘liq ado etib yashaydi. Dindorlik–haqiqiy boylikdir! Dindorlik–haqiqiy hasab va nasabdir! Dindorlik–haqiqiy go‘zallikdir!Shuning uchun ham, qizlarimizni dindor qilib tarbiyalashga urinishimiz kerak. Shuning uchun kelin tanlaganimizda dindor kelin tanlashimiz kerak.Nasaiy va Muslim rivoyatida: «Dunyoning hammasi mato’(huzurlanish)dir va dunyoning eng yaxshi mato’i soliha ayoldir»-deyilgan.Sharh: Mato’–so‘zi huzurbaxsh ma’nosini anglatadi. Ushbu hadisi sharifda bu dunyodagi narsalar mato’ ekani, ularning ichida eng yaxshisi soliha ayol ekani haqida so‘z ketmoqda. Bu ahli solih bo‘lishlik qandoq ham yaxshi ekanini bildiradi. Solih inson degani esa, shariat tomonidan qilingan amrni bajarib, qaytariqdan qaytadigan va o‘z ixtiyori ila qo‘shimcha, nafl, amallar qiladigan deganidir. Solihlik–fasod va yomonlikning teskarisidir. Solihlik bandaning tuzilishida ham, qiladigan amalida ham bo‘ladi. Sulh so‘zi ham salohdan olingan bo‘lib kishilar orasidagi buzulgan muomalalarni tuzatishga aytiladi. Solihlik ham dunyo, ham oxirat ishlarida yaxshi bo‘lishni angalatadi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning, dunyoning eng yaxshi mato’si soliha ayoldir, deganlari ushbu yuqorida zikr etilgan ma’nolarni o‘z ichiga olgandir. Demak, kelin tanlash vaqtida, kelinning ahli solih bo‘lishiga qarash kerak ekan. Bu esa ham xalqi-yaratilishi-da ham, xulqi-odobi-da ham etuk bo‘lishidir. Shariat ko‘rsatmalarini bajaribgina qolmay nafl ibodat va amallar ham qilishi va ahli solihlikning boshqa ma’nolarini o‘zida mujassam qilishiga qarab bo‘lar ekan. Yana o‘sha kishidan rivoyat qilinadi: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: «Tuya mingan ayollarning eng yaxshisi, Qurayshning soliha ayollaridir. Bolaga kichikligida eng shafqatlidir. Erga uning qo‘lidagi narsasiga rioyalidir»-dedilar». Ikki Shayx rivoyat qilgan.Tuya mingan ayollar, deyilganda Arabiston erlarida yashaydigan arab ayollar ko‘zda tutilgan. O‘sha ayollar ichida Quraysh qabilasiga mansub ayollar eng yaxshi ayollar hisoblanar ekan. Ularning yaxshi nom olishlariga kichik bolalarga o‘ta mehribonliklarida va erlarini o‘ta rioya qilishlarida. Ayniqsa ularning molu-mulklarini yaxshilab muhofaza qilishlarida ekan.Darhaqiqat, bu sifatlar har bir ayol uchun o‘ta zarur sifatlardir. O‘z bolasiga mehribon bo‘lmagan, uni keragicha avaylab-asrab katta qilmaydigan ayolning kim ham yaxshi ayol, deya oladi. Undoq ayol bor oilada bolalar ona bezori bo‘lib usadilar. Odobsiz-axloqsiz bo‘lib o‘sadilar. Bu esa har bir oila uchun, oila boshlig‘i uchun katta musiybatdir. Shuningdek, erining rioyasini qilmagan ayoldan nima yaxshilik kutish mumkin? Xususan, erining mol-mulkini muhofaza qilmagan, avaylab-asramagan ayoldan nima yaxshilik kutish mumkin?Ushbu hadisi sharifdan ibrat olib kelin tanlayotgan vaqtda, uning urug‘idagi ayollar, qarindosh ayollar bolasiga qandoq qarashi, erining rioya qilishda qandoq ekanliklariga razm solish, so‘rab surishtirish kerak bo‘ladi. Agar kelin dindorlik, ahli solihlik ustiga bu sifatlarni o‘zida mujassam qilgan bo‘lsa juda ham yaxshi bo‘ladi.Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Uylandim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga:«Qandoqqa uylanding?»-dedilar.«Erdan chiqqanga»-dedim.«Qiz olib, u bilan ko‘ngil yozsang bo‘lmasmidi?»-dedilar.«Ey Allohning Rasuli, Abdulloh vafot etib, ortidan etti (yoki to‘qqiz) qizni tashlab ketdi. O‘shalarga qarab turadigan shaxsni keltirdim»-dedim. Shunda U zot mening haqimga duo qildilar». Beshovlari rivoyat qilgan.Rivoyatda zikr qilingan Abdulloh roziyallohu anhu Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhuning otalaridir. U kishi Uhud jangida shahid bo‘lganlar.«Etti yoki to‘qqiz qiz» deyilgani roviydan bo‘lgan shak tufaylidir.Ushbu hadisdan qizga uylanish afzal ekanligi olingan.Jobir roziyallohu anhu singillarini o‘ylab, tajribali ayolga uylangan ekanlar. Yosh qiz etti yoki to‘qqiz dona qayin singilga qarab, ularni boshqarishi qiyin ish bo‘lganidan shundoq qilganlar. Shuning uchun ham Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam u kishining haqlariga duo qilganlar. Umuman yangi uylangan kishilar haqiga duo qilish marg‘ub narsadir.-Oisha roziyallohu anho: «Ey Allohning Rasuli, aytingchi, agar bir vodiyga tushsangiz, unda bir (bargi) eyilgan daraxt, bir (bargi) eyilmagan daraxt bo‘lsa, tuyangizni qaysi birida boqar edingiz?» -dedi.«Eyilmaganida», - dedilar U zot. Ya’ni, (Oisha) Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘zidan boshqa qiz olmaganlariga ishora qilmoqda». Buxoriy rivoyat qilgan.Qiz bilan juvon orasidagi farqni vasf qilish borasida turli xalqlarda turli o‘xshatishlar ishlatiladi. Ushbu rivoyatda Oisha onamiz qiz bolani bargiga hech narsa tegmagan daraxtga, juvonni esa, bargidan biror hayvon eb ketgan daraxtga o‘xshatmoqdalar. Shu bilan birga, u kishi roziyallohu anho Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan juvonga uylangandan ko‘ra qizga uylangan afzal ekanligi haqida tasdiq ham olmoqdalar. Oisha onamiz Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning zavjai mutahharalari ichida u kishiga qiz holida tekkan yagona shaxs ekanliklari bilan faxrlanib yurar edilar.Ma’qal ibn Yasor roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Bir kishi Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib:«Ey Allohning Rasuli, bir jamolli va hasabli ayol topdim. Ammo tug‘mas ekan. Unga uylanaveraymi?»-dedi.«Yo‘q»-dedilar. Keyin, U zotga ikkinchi marta keldi. Yana qaytardilar. So‘ngra uchinchi marta kelganida:«Eriga muhabbat qiladigan va ko‘p tug‘adigan ayolga uylaninglar. Men boshqa ummatlarga sizlarning ko‘pligingizni ko‘z-ko‘z qiluvchiman»-dedilar». Abu Dovud, Nasaiy va al-Hokim rivoyat qilgan.Ushbu hadisdan olinadigan foydalar:1. Uylanishdan oldin ahli fazl, ilmli kishilardan maslahat so‘rash yaxshiligi.2. Tug‘mas ayolga, agar u go‘zal va aslzoda bo‘lsa ham uylanmagan ma’qul ekani.3. Eriga muhabbat qiladigan va ko‘p tug‘adigan ayolga uylanish kerakligi. Bu sifatlar unga yaqin ayollarning holini o‘rganish bilan bilinadi. Unga yaqin, qarindosh ayollar odatda eriga muhabbat qiladigan, ko‘p tug‘adigan bo‘lsalar, g‘olibo ularning urug‘ida bo‘lgan yoshlar ham o‘sha sifatlarga ega bo‘ladilar. «Ey Allohning Rasuli, ayollarning qandog‘i eng yaxshisidir?-deyildi.«Qachon nazar solsa, surur bag‘ishlaydigani. Qachon amr qilsa, itoat qiladigani va eriga o‘z jonida va molida u yoqtirmaydigan narsa ila xilof qilmaydigani»-dedilar. Sunan egalari rivoyat qilgan.Ushbu hadisi sharifda er uchun eng yaxshi xotinning ba’zi sifatlari haqida so‘z ketmoqda:1. «Qachon nazar solsa, surur bag‘ishlaydigani».Demak, er nazar solsa xursand qiladigan ayol eng yaxshi ayollarda bo‘ladigan sifatlardan biriga ega bo‘lar ekan. Bu ayolning tashqi qiyofasi, kiyinishi, o‘zini tutishi va axloq-odobi kabi nasalarni o‘z ichiga oladi. Eng yaxshi ayol bo‘lish umididagi qizlarimiz, ayollarimiz ushbu narsaga alohida e’tibor berishlari kerak bo‘ladi. Kuyovlar va erlar ko‘ziga doimo xursand qiladigan ravishda ko‘rinishga harakat qilishlari lozim bo‘ladi.2. «Qachon amr qilsa, itoat qiladigani». Erga itoatkor bo‘lish ayollarning eng go‘zal, eng yaxshi sifatlaridan biridir. Albatta, shar’iy ruxsat berilgan ishlar doirasida itoatkorlik haqida so‘z ketmoqda. Gunoh ishlarda itoat qilish mumkin emas. Chunki, Xoliqqa ma’siyat ishlarda, maxluqqa itoat qilinmaydi. Er oila boshlig‘i bo‘lganidan keyin, oila a’zolari jumladan, ayol unga itoat qilishi kerak. Eriga itoatkor ayol, eng yaxshi ayolning sifatlaridan biriga ega bo‘lgan ayoldir. Eriga itoat qilmaydigan ayolni yaxshi ayollar qatoriga mutlaqo qo‘shib bo‘lmaydi.3. «Eriga o‘z jonida va molida u yoqtirmaydigan narsa ila xilof qilmaydigani».Boshqacha qilib aytganda eng yaxshi ayol sifatiga sohiba bo‘lmoqchi ayol eriga yoqmaydigan ishlarni qilmasligi kerak. Chunki, shu tufayli oilada urush-janjal chiqishi, o‘zining halovati yo‘qolishi, hatto oila buzilib ketishi ham mumkin.Yana bir ayol kishi o‘z molini eri yomon ko‘radigan narsalarga sarflamasligi kerak. Ana shunda eng yaxshi ayolning yana bir sifatiga ega bo‘ladi.Ushbu hadisda zikr qilingan uch sifatni o‘zida mujassam qilgan ayol eng yaxshi ayollardan bo‘lishida shubha yo‘q.Mo‘min-muslima ayol-qizlarimiz ushbu hadisi nabaviyda zikr etilgan oliy maqom sifatlarni o‘zlarida mujassam qilishga harakat qilmoqlari lozim.Shu bilan birga jajji qizchalarimizni yoshliklaridan ana o‘sha go‘zal sifat sohibalari etib tarbiya qilmog‘imiz zarur.Ikki Shayx va Termiziy rivoyatida: «O‘zimdan keyin erkaklarga ayollardan ko‘ra zararliroq fitnani qoldirmadim»-deyilgan.Ayol kishi iymon-e’tiqodli, dindor, soliha, odob-axloqli bo‘lmasa balo ofat ekanligiga hamma ham, hatto ayollarning o‘zlari ham qo‘shiladilar. Erkaklar boshiga ko‘pgina balolar noma’qul ayollar sababidan kelishini esa tajriba ko‘rsatib turibdi, bunga tarix shohid. Shuning uchun ham, kelin tanlashda juda ehtiyot bo‘lish kerak. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning ko‘rsatmalariga amal qilish kerak. Boshqa ko‘rsatmalarga amal qilaman deb, erkaklar uchun dunyodagi eng zararli fitnaga uchrab qolmaslik kerak.Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Bir kishi Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib: «Ayolim qo‘l uzatuvchining qo‘lini man’ qilmaydi-dedi.«Uni o‘zingdan g‘arib qil»-dedilar.«Nafsim unga ergashishidan xavf qilaman»-dedi.«Undan foydalanib yur»-dedilar U zot». Abu Dovud va Nasaiy rivoyat qilgan.Ushbu hadisdagi, «ayolim qo‘l uzatuvchining qo‘lini man’ qilmaydi», degan jumlani, erkaklardan o‘zini olib qochmaydi yoki moli mulkni haddan tashqari isrof qiladi, deb ikki xil ta’vil qilingan.Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam undoq xotinni taloq qilib yuborishga maslahat berganlar. Lekin, er xotinini taloq qilsa undan ko‘ngil uza olmay, o‘zi qiynalishini bayon qilgan. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam, undoq bo‘lsa undan foydalanib yuraver, deganlar. Shundan, qo‘lni man’ qilmaslik, molu mulkni isrof qilish ma’nosida ekanligi kelib chiqadi. Chunki, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam erkak kishining qo‘lini qaytarmaydigan ayol bilan birga yashayverishni maslahat berishlari mumkin emas.XULOSAMunosib kelin haqida kelgan hadisi shariflarni o‘rganganimizdan keyin xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, Islom dini uylanishdan oldin umr yo‘ldoshini tanlashga alohida e’tibor berishga chaqirgan ekan. Chunki, shu yo‘l bilangina oilaning poydevori mustahkamlangan bo‘ladi. Shu yo‘l bilan oila qurishdan ko‘zlangan soflik, unsu ulfat, baxt-saodat va xotirjamlikka erishilish eshigi ochiladi. Umr yo‘ldoshini tanlashda esa, uning sifatlari ichida dindorlik, ahli solihlik, odob-axloq va mustaqimlikka birinchi o‘rin berilishi kerak ekan. Chunki, nikoh va oila qurish umr savdosi. Bir umrga kerak narsa. Dindorlik umr o‘tishi bilan quvvatlanib boradigan narsa. Odob-axloq, ahli solihlik umr o‘tishi bilan sayqallashib, ziyodalashib boradigan narsa. Ushbu o‘z sohibiga doimo yo‘ldosh va doimiy yaxshilik keltiruvchi sifatlarga ega bo‘lgan umr yo‘ldoshini tanlash oila qurishdagi eng muhim omillardan biri hisoblanadi. Boshqa sifatlar esa vaqtinchalik va kibru havo hamda g‘ururga sabab bo‘lishi mumkin sifatlar.Shuning uchun ham Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam o‘zlarining Imom Ibn Moja, Bazzor va Bayhaqiylar rivoyat qilgan hidislarida:«Ayollarni husnlari uchun nikohingizga olmang, ehtimol u (husn) umrni halok qilar. Va ularni moli uchun ham nikohingizga olmang, ehtimol u (mol) ularni tug‘yonga ketkazur. Ularni din uchun nikohingizga oling. Albatta, dindor, qora, xunuk cho‘ri afzaldir»-deganlar.Musulmon kishi o‘ziga yaxshi umr yo‘ldoshi tanlar ekan oilasini mustahkam bo‘lishi, oila a’zolarining baxtiyor bo‘lishi bilan birga bo‘lajak farzandlar va ularni munosib musulmonlar qilib o‘stirishni ham ko‘zda tutishi kerak.Ulamolarimiz barcha hujjat va dalillarni o‘rganib chiqib hamda boshqa omillarni hisobga olib munosib kelin tanlashda quyidagi narsalarga e’tibor berishi kerakligini ta’kidlaganlar:1. Dindorlik.2. Serfarzandlik.Bu sifat qarindosh urug‘ ayollarga qarab bilinadi.3. Avval turmush qurmagan bo‘lishi.4. Dindor va qanoatli oiladan bo‘lishi.5. Hasabi-nasabi yaxshi bo‘lishi.6. Husnli bo‘lishi. Erning ko‘ngli to‘q bo‘ladi. Muhabbat qo‘yadi. Boshqalarga qaramaydi.7. Qarindoshlardan bo‘lmasligi. Qarindoshga uylansa, bolalari zaifhol bo‘lish ehtimoli kuchli. Yana, Alloh ko‘rsatmasin, kelishmovchilik bo‘lib qolsa, qarindoshlik aloqalariga futur etishi ham mumkin. Begonadan bo‘lsa, bolalar zaifhol bo‘lmaydi. Kuyov kelinning bahonasi bilan ularning qarindosh-urug‘lari ham quda-anda bo‘ladilar, ijtimoiy aloqalar rivojlanadi.8. Bir xotindan ziyoda qilmaslik. Chunki, ko‘pxotinlikning mashmashasi ham ko‘p. Shartlarini bajo qilish ham qiyin.
21 Aprel 2022, 16:24 | Savol-javoblar | 203 | Oila va turmush