Ayol shifokor nomaxramlarni davolashi
Assalomu alaykum! Man tibbiyot institutini bitirdim. Endi tor doiradagi soxada o‘qib olmoqchiman. Kardiologiya yo‘nalishiga topshiraman Xudo xoxlasa. Agar shifokor bo‘lib ishlasam erkaklarni xam ayollarni xam birday davolayman, yuragini eshitib ko‘raman, davleniyasini o‘lchayman. Erkaklarni tanasiga qo‘limni tekizib tekshiradigan xolatlar (yuragini eshitib ko‘rish, pulsini o‘lchash, davleniyasini o‘lchash) bo‘ladi. O‘zim ilmli ayolman, shunga qo‘rqyapman, erkaklarni xam tekshirib davolaydigan doktor bo‘lsam gunoxkor bo‘lib qolmaymanmi nomaxramlarga qo‘l tekizib, ularni davolaganim uchun?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz faqat ayollar va yosh bolalarni davolaydigan bo‘lib ishlang. Jamiyatda erkaklarni davolaydigan erkak shifokorlar etarli. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 21:01 | Savol-javoblar | 160 | Tabobat