Ayollar ko‘chaga uzuk taqib chiqishi

Assalomu alaykum! Ayol kishi ko‘chaga uzuk yoki bilaguzuk taqib chiqishi joizmi? Xadisga muvofiq ayol kishini qo‘li ekani bilinib turishi uchun?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bo‘ladi. Hinno ham qo‘yish mumkin. عَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ الله عَنْهَا قَالَتْ: أَوْمَتِ امْرَأَةٌ مِنْ وَرَاءِ سِتْرٍ بِيَدِهَا كِتَابٌ إِلَى النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَقَبَضَ يَدَهُ، فَقَالَ: مَا أَدْرِي أَيَدُ رَجُلٍ أَمْ يَدُ امْرَأَةٍ؟ قَالَتْ: بَلْ يَدُ امْرَأَةٍ، قَالَ: لَوْ كُنْتِ امْرَأَةً لَغَيَّرْتِ أَظْفَارَكِ بِالْحِنَّاءِ. رَوَاهُمَا أَبُو دَاوُدَ وَالنَّسَائِيُّ Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
«Bir ayol parda ortidan qo‘li ila Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga maktub uzatdi. Bas, u zot qo‘llarini tortdilar va:
«Bilmadim, bu erkakning qo‘limi, ayolning qo‘limi?» dedilar.
«Ayolning qo‘li», dedi u.
«Ayol bo‘lsang, tirnoqlaringga hinno qo‘yib olsang bo‘lmasmidi», dedilar u zot».
Ikkisini Abu Dovud va Nasaiy rivoyat qilganlar.
Sharh: Yaqqol ko‘rinib turibdiki, Islomda ayol kishilarning o‘zlariga qarashlariga, go‘zallik va latofatlarini turli yo‘llar bilan saqlash, parvarish qilishlariga katta e’tibor berilgan. Haddan oshmay, me’yorida pardoz ishlarining o‘rniga qo‘yilishi targ‘ib qilingan. («Hadis va hayot» kitobidan). Vallohu a’lam!

10 May 2022, 21:12 | Savol-javoblar | 151 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar