Davra nima

Assalomu alaykum! Bir tanishimning dadasi men dunyodan o‘tganimda davra qilinglar deb vasiyat qilibdi. Qaynonamdan davra degan marosim bormi deb so‘rasam avvallari ota bobolarimiz qilishgan dedi. Iltimos tushuntirib bersangiz davra o‘zi nima dinimizda bor narsami?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Davra degan narsa shariatimizda yo‘q. Shariatimizda qoldirilgan namoz va ro‘zalarni fidyasini berish degan hukm bor. “Kifoya” kitobida quyidagicha keladi:
Har bir qazo qilingan namozning fidyasi bir kunlik ro‘zaning fidyasi miqdoricha.
Kishi o‘limidan oldingi bemorligida ba’zi namozlarini o‘qiy olmagan bo‘lsa, o‘sha qazo qilingan namozlarga ham merosxo‘rlari fidya berishlari mumkin. Bunda qazo qilingan bir vaqt namoz uchun bir kunlik ro‘zaga berilgan fidya miqdorida fidya beriladi.
Birovning o‘rniga boshqaning qilgan ibodati o‘tmaydi.
Ya’ni o‘lgan kishining qazo namoz va ro‘zalari o‘rniga uning merosxo‘rlari namoz o‘qib, ro‘za tutishlari joiz emas.أَخْرَجَ النَّسَائِيُّ عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا، أَنَّهُ قَالَ لَا يَصُومُ أَحَدُكُمْ عَنْ أَحَدٍ، وَلَا يُصَلِّي عَنْ أَحَدٍ، وَلَكِنْ يُطْعِمُ عَنْهُ مَكَانَ كُلِّ يَوْمٍ مُدًّا مِنْ حِنْطَةٍ  Imom Nasoiy qilgan rivoyatda Ibn Abbos roziyallohu anhumo:
«Biringiz boshqa bir kishining o‘rniga ro‘za ham tutmaydi, boshqa kishining o‘rniga namoz ham o‘qimaydi. Lekin uning nomidan har bir kun o‘rniga bug‘doydan taom beradi», degan. رَوَى عَبْدُ الرَّزَّاقِ، عَنِ ابْنِ عُمَرَ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا، قَالَ لَا يُصَلِيَنَّ أَحَدٌ عَنْ أَحَدٍ، وَلَا يَصُومَنَّ أَحَدٌ عَنْ أَحَدٍ، وَلَكِنْ إِنْ كُنْتَ فَاعِلًا تَصَدَّقْتَ عَنْهُ، أَوْ أَهْدَيْتَ Abdurrazzoq keltirgan rivoyatda Ibn Umar roziyallohu anhumo:
«Birov hech qachon birovning o‘rniga namoz ham o‘qimaydi, ro‘za ham tutmaydi. Ammo qiladigan bo‘lsang, sadaqa qilgin yoki hadya qilgin», degan.رَوَى التِّرْمِذِيُّ عَنِ ابْنِ عُمَرَ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا، قَالَ قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ  فِي رَجُلٍ مَاتَ وَعَلَيْهِ صِيَامٌ «يُطْعَمُ عَنْهُ، عَنْ كُلِّ يَوْمٍ مِسْكِينٌ Imom Termiziy Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qiladi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qazo ro‘zasi bo‘laturib vafot etgan kishi haqida:
«Uning nomidan har bir kun o‘rniga bir miskinga taom beriladi», dedilar». 
Vallohu a’lam!

10 May 2022, 21:23 | Savol-javoblar | 153 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar