Olib qo‘ygan uydan zakot

Assalomu alaykum! Bir yaqinimning savoli. O‘tgan yili 100 mlndan zakot chiqargan ekan. Bu yil o‘sha 100 mln puli ko‘payib Allohning roziligi bilan 160 mln bo‘ldi va yaqinda tijorat uchun emas mulk bo‘lib tursin deb dom oldi. (kvartirant qo‘yaman dedi) Endi shu uydan zakot 160 mlndan chiqaramanmi deb so‘ragan edi. Do‘stim shu uydan zakot chiqaradimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Agar kvartirant qo‘yib foyda qilish maqsadida olgan bo‘lsa, uyning qiymatidan zakot bermay, balki tushgan puldan beradi. Uy, er sotib olinayotgan paytda odatda uchta narsani niyat qilinadi: 1. Keyinchalik uni sotib yuboraman deb niyat qilsa, har yili zakot berayotgan yildagi qiymatidan zakot chiqarish vojib bo‘ladi. وَمَا اشْتَرَاهُ لَهَا أَيْ لِلتِّجَارَةِ كَانَ لَهَا لِمُقَارَنَةِ النِّيَّةِ لِعَقْدِ التِّجَارَة “Tijorat uchun sotib olgan narsasi tijorat uchun bo‘ladi. Savdo vaqtida tijorat niyati topilganligi uchun”. (Durrul muhtor). يُعْتَبَرُ يَوْمُ الْأَدَاءِ بِالْإِجْمَاعِ وَهُوَ الْأَصَحُّ “Bil ijmo zakotni ado qilish kuni(dagi qiymat) e’tiborga olinadi. Shu sahihdir”. (Roddul muhtor); 2. Uy qurib o‘zim yashayman degan niyatni qilsa, bunday holatda sotib olingan xovlining qiymatidan zakot chiqarish vojib bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 08:05 | Savol-javoblar | 177 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar