Nomigagina kalima qaytarsa

Assalomu alaykum! Biror buddaviy diniga mansub odamga Kalimai shahodatni ayttirsa u musulmon bo‘ladimi? unga islomni qabul qilishni taklif qilsa lekin u rozi bo‘lmasa. Shunda xech bo‘lmasa savob uchun Kalimai shahodatni ayttirsa uning natijasi qanday? man eshitgandim: kimda kim bir marotaba bo‘lsada Kalimai shahodatni aytsa Jannatni bir bor ko‘rishga musharraf bo‘ladi deb. Shu to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Kalimani aytishning o‘zi musulmonlikka dalolat qilmaydi. Shariatimizda shariat amallarini zimmasiga olish degan narsa ham shart. Bu topilmasa uni musulmon deyilmaydi. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 12:48 | Savol-javoblar | 139 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar