"Astral" ,"Osoznannыe snы" yoki "tanadan chiqish"
Assalomu alaykum! Inson tushida o‘z tanasini boshqara oladimi? Bunday xolatlar "Astral" ,"Osoznannыe snы" yoki "tanadan chiqish" deb ataladi. Bunda inson uxlayotgan vaqtida fantom tanasi fizik tanadan ajrab chiqadi va inson o‘zini uxlab yotgan tanasini ko‘rishi mumkin, bundan tashqari u o‘zi xoxlagan ishlar bilan shug‘ullanishi, kitob o‘qishi, turli insonlar bilan ko‘rishishi, xattoki aql bovar qilmas joylarga sayoxat qilishi mumkin. Lekin bu ish dinimizda joizmi yoki yo‘q?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz aytgan uyqu vaqtidagi holatlarning ilmiy va shar’iy asosi yo‘q. Shariatimizda kishi uxlaganda ruhi – jonini Alloh oladi. Bu haqida “Zumar” surasida shunday deyilgan: اللَّهُ يَتَوَفَّى الْأَنفُسَ حِينَ مَوْتِهَا وَالَّتِي لَمْ تَمُتْ فِي مَنَامِهَا فَيُمْسِكُ الَّتِي قَضَى عَلَيْهَا الْمَوْتَ وَيُرْسِلُ الْأُخْرَى إِلَى أَجَلٍ مُسَمًّى إِنَّ فِي ذَلِكَ لَآيَاتٍ لِّقَوْمٍ يَتَفَكَّرُونَ 42. Alloh jonlarni o‘limi vaqtida, o‘lmaganlarini esa uyqusi vaqtida olur. Bas, o‘lishiga hukm qilganlarini ushlab qolur, qolganlarini ma’lum muddatgacha qo‘yib yuborur. Albatta, bunda tafakkur qiladigan qavmlar uchun oyat(ibrat)lar bordir.
Ushbu oyat ma’nolari ham Alloh taoloning vahdoniyatiga yorqin dalildir. Dunyodagi barcha ishlar yolg‘iz U Zotning O‘ziga bog‘liqligini bildiradi.
«Alloh jonlarni o‘limi vaqtida, o‘lmaganlarini esa uyqusi vaqtida olur».
Har lahzada qanchadan-qancha odamlar jon beradilar. Ularning jonini kim oladi? Har bir odam har kuni ma’lum muddat uxlaydi, o‘shanda u o‘likka o‘xshab yotadi. Uning joni nima bo‘ladi? Bu savollarga mazkur jumlada javob bor.
Jonlarni o‘lim vaqtida ham, uxlagan vaqtida ham oladigan Zot Allohdir. Tandan jon chiqishi «katta vafot», uxlaganda tana bilan jon orasida aloqaning kuchsizlanishi «kichik vafot» deyiladi. Chunki uxlagan odamning jonini ham Alloh taolo olgan bo‘ladi.
«Bas, o‘lishiga hukm qilganlarini ushlab qolur, qolganlarini ma’lum muddatgacha qo‘yib yuborur».
Kimning qazosi etgan bo‘lsa, uyqusidan qayta uyg‘onmay, kichik vafoti katta vafotga aylanib qolaveradi. Alloh ajali etmaganlarning jonini qo‘yib yuboradi. Ular belgilangan ajalgacha yashab yuradilar.
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam har kech yotayotganlarida: «Robbim, sening isming ila yonimni qo‘ydim. Sen bilan uni ko‘tarurman. Agar jonimni tutib qolsang, uni mag‘firat qilgin. Agar uni qo‘yib yuboradigan bo‘lsang, uni solihlarni muhofaza etadigan narsa ila muhofaza qilgin», degan duoni o‘qib uyquga ketar edilar.
«Albatta, bunda tafakkur qiladigan qavmlar uchun oyat (ibrat)lar bordir».
Chunki ularning joni doimo Allohning qo‘lida. U Zot ul jonni xohlagan lahzasida olib qo‘yishi mumkin. Keyin esa albatta hisob-kitob qiladi. So‘rab-surishtiradi. U vaqtda nima qiladilar?!
Lekin Alloh taolo uxlagan odamlarning ruhi – jonini olganda, u qay holatda bo‘ladi, nima qiladi, buni Allohdan boshqa hech kim bilmadi. Bu haqida “Isro” surasida shunday deyilgan: وَيَسْأَلُونَكَ عَنِ الرُّوحِ قُلِ الرُّوحُ مِنْ أَمْرِ رَبِّي وَمَا أُوتِيتُم مِّن الْعِلْمِ إِلاَّ قَلِيلاً 85. Va sendan ruh haqida so‘rarlar. «Ruh Robbimning ishidir. Sizga juda oz ilm berilgandir», deb ayt.
Ushbu oyati karimaning nozil bo‘lishi sababi haqida ikki rivoyat keltiriladi.
Imom Ahmad ibn Hanbal, imom Nasoiy, Hokim va Ibn Hibbon kabi muhaddislar hazrati Abdulloh ibn Abbosdan qilgan rivoyatda quyidagilar aytiladi: «Qurayshliklar yahudiylarga:
«Bizga bir narsa o‘rgating, manavi odamdan so‘raylik», deyishdi. Ular:
«Ruh haqida so‘ranglar», dedilar. Shunda qurayshliklar Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan ruh haqida so‘radilar. Bu so‘rovga javoban: «Va sendan ruh haqida so‘rarlar» oyati nozil bo‘ldi».
Imom Buxoriy va imom Muslim hazrati Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhudan qilgan rivoyatda esa quyidagilar aytiladi: «Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan Madina ko‘chalaridan birida borar edim. U kishi bir shoxga tayanib olgan edilar. Shu payt bir guruh yahudiylar duch keldilar. Ular bir-birlariga: «Bundan ruh haqida so‘ranglar», dedilar. Ulardan ba’zilari o‘rinlaridan turib kelib ruh haqida so‘radi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam javob bermay, jim turib qoldilar. Men u zot sollallohu alayhi vasallamga vahiy kelayotganini darhol sezdim. Turgan joyimda kutdim. Vahiy nuzuli to‘xtagandan so‘ng u zot sollallohu alayhi vasallam: «Va sendan ruh haqida so‘rarlar» oyatini tilovat qildilar».
Shuning uchun ham tafsirchi ulamolarimiz, ushbu oyati karima ikki marta, ya’ni Makkada bir, Madinada bir nozil bo‘lgan, deydilar.
Shu masalada kelgan boshqa rivoyatlarga ko‘ra, yahudiylar ruh haqidagi savolga Allohdan boshqa hech kim javob bera olmasligini avvaldan bilganlar. Tavrotda shu haqda ma’lumot bo‘lgan. Ular qurayshliklarga Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan ruh haqida so‘rashni o‘rgatishlari bilan barobar, agar javob bersa, payg‘ambar bo‘lmaydi, javob bermasa, demak haqiqiy payg‘ambar bo‘ladi, deyishgan. Muhammad sollallohu alayhi vasallam haqiqiy Payg‘ambar bo‘lganlari uchun ham, ruh va uning mohiyati haqidagi savollarga javob bermadilar. Alloh taolo bergan javobni ularga o‘qib berdilar. Bu javob:
«Ruh Robbimning ishidir», deyish edi. Ruh, uning mohiyati va unga tegishli boshqa narsalar Allohning ishi, bandaning ishi emas. Banda qanchalik maqtanmasin, ilmi ozdir:
«Sizga juda oz ilm berilgandir».
Bandaning ana shu oz ilm bilan gerdayishi ham olamni oladi. Aslida esa o‘z idroki etadigan, o‘ziga foyda keltiradigan narsalarni bildirgan Allohga shukr etib, qolganini Allohga havola qilishi kerak edi. Insonning hamma narsasi cheklangandir. Jumladan, aqli, idroki ham mahduddir. U aqli, idroki doirasidagi ishlar ila shug‘ullanib, undan tashqaridagi narsalar xususida behuda bosh qotirmasligi kerak. Bular qatoriga ruh masalasi ham kiradi. Hozirgacha insonning ruh haqida biror narsa bilish uchun qilgan barcha harakatlari behuda ketdi. Ruh haqida hech narsa bila olmadi. Inson ruh haqida bilgan birdan-bir narsa Alloh yuborgan vahiy, xolos. («Tafsiri Hilol» kitobidan). Vallohu a’lam!
10 May 2022, 22:06 | Savol-javoblar | 177 | Turli savollar