Namozimni tez o‘qishga majbur bo‘lib qolaman

Assalomu alaykum! Meni farzandim hali juda kichkina va ko‘p yig‘laydi. Shu sababli namoz vaqtida uyg‘onib qolsa yoki yig‘lasa namozimni tez o‘qishga majbur bo‘laman va xuddi namozim qabul bo‘lmagandek ko‘nglim doim to‘lmaydi. Ba’zida namozim bo‘linadi ham. Shunday vaziyatlarda ( ko‘nglim to‘lmaganda) namozni qayta o‘qishim kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Namozning farzlari buzilmagan bo‘lsa qayta o‘qilmaydi. Ko‘nglingizga kelayotgan gaplar shaytonning vasvasasi bo‘lishi mumkin. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 22:16 | Savol-javoblar | 151 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar