Qazo ro‘zani tutish kunlari

Assalomu alaykum! Meni qazo ro‘zalarim bor, xomiladorlik va emizikliy paytlarimda tutolmaganman. Ustoz sekin sekin kun ora qilib qazo ro‘zalarimni tutib bermoqchiydim. Savolim shuki qazo ro‘zani haftani istalgan kunidan niyat qilib tutsam bo‘ladimi yoki faqat dushanba va payshanba kunlari tutiymi? Bir hilda ertalab voxliy turib qolaman hali bomdod vaqti kirmagan bo‘ladi ubu narsa eb niyat qilib ro‘za tutiy desam yo‘q mumkinmas shanba yoki yakshanba kunida tutish deb etishvotti. Ustoz bu borada manda ilm va malumot yo‘q bo‘lgani uchun sizdan so‘ravotman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shariatimizda Ramazon hayiti, Qurbon hayiti va undan keyingi uch kun – tashriq kunlari ro‘za tutish harom qilingan. Bundan boshqa kunlarda, haftani qaysi kunida tutsangiz ham bo‘ladi. Dushanba, payshanba kunlari tutsangiz o‘sha kunlari ro‘zador bo‘lgan savobini ham olasiz, qazolaringiz ham zimmangizdan ado bo‘ladi. Tezroq tutib bersangiz bo‘ldi. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 22:17 | Savol-javoblar | 131 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar