O‘qishdan qarz
Assalomu alaykum! Men chet elda qo‘shni Respublikada o‘qishga borgandim, 1 yarim yil kontrakt asosida o‘qidim va oilaviy sharoitim bo‘lmay qolgani uchun o‘qishni qarzdorlik bilan to‘xtatib kelishga majbur bo‘ldim. Lekin u erda o‘qitish tizimi achinarli ahvolda edi. Deyarli hech bir ilm ololmadim, nafaqat men balki boshqa talabalar ham u erda o‘qishdan sovub qolishgandi. U erdagi mutasaddilarga faqat to‘lov bo‘lsa bo‘ldi edi. O‘qishni to‘xtatganimdan keyin katta miqdorda qarzdorlik chiqarishdi, lekin o‘qitish tizimi arzimaydiku degan xayollar qamrab olgan. Shuningdek qarzdorlikni to‘lolmaganim uchun hujjatlarimni ham tashlab keldim. Qanday maslahat beraolasizlar, bu baribir qarz hisoblanadimi, imkon bo‘lgan zahoti to‘lashim kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! To‘lashingiz kerak. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 22:17 | Savol-javoblar | 138 | Dolzarb savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! To‘lashingiz kerak. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 22:17 | Savol-javoblar | 138 | Dolzarb savollar