Holatning qurbonlari
Assalomu alaykum! Yaqinda eng ommaviy darajada bo‘lib kelayotgan internet tarmoqlaridan biri «You Tube»da 1972-yil 13-oktabr kuni Argentina va Chili chegaralariga yaqin bo‘lgan Anda qorli tog‘ida halokatga uchrab, u erda 45ga yaqin yo‘lovchi to yordam etgunga qadar qariyb 60 kun qolib ketadi. Bu vaqt oralig‘ida ular sovuq va qorli bo‘lgan tog‘da o‘zlari bilan olib borayotgan barcha egulikni teng bo‘lib, tejab baham ko‘rganlarida ham tugaydi va ulardan oldin vafot etgan sheriklarini go‘shtini tanovul qilishga majbur bo‘lishadi. Savolim shundan iboratki, ushbu nochor vaziyatga tushib, mazkur insonga xos bo‘lmagan ishni qilishga majbur bo‘lgan odamlarga dinimizning hukmi qanday? Yanada yaqinroq tanishishingiz uchun ushbu lavha linkini quyida taqdim etaman:
https://youtu.be/aCooFoEquQU
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh taolo “Baqara” surasida marhamat qiladi: إِنَّمَا حَرَّمَ عَلَيْكُمُ الْمَيْتَةَ وَالدَّمَ وَلَحْمَ الْخِنزِيرِ وَمَا أُهِلَّ بِهِ لِغَيْرِ اللّهِ فَمَنِ اضْطُرَّ غَيْرَ بَاغٍ وَلاَ عَادٍ فَلا إِثْمَ عَلَيْهِ إِنَّ اللّهَ غَفُورٌ رَّحِيمٌ 173. Albatta, U Zot sizlarga faqat o‘limtikni, qonni, cho‘chqa go‘shtini va Allohdan o‘zgaga atab so‘yilgan narsalarni harom qildi. Kimki maza talab qiluvchi va haddan oshuvchi bo‘lmagan holda majbur bo‘lib qolsa, unga gunoh yo‘q. Albatta, Alloh o‘ta mag‘firatlidir, o‘ta rahmlidir. Ushbu oyati karimada musulmonlarga harom qilingan narsalardan to‘rt xili zikr etilmoqda. Birinchisi – o‘limtik. Ya’ni Alloh taolo halol qilgan hayvonlardan o‘zi o‘lib qolganining go‘shti harom bo‘ladi. Sof insoniy tabiat o‘limtikni xohlamasligi hammaga ma’lum. O‘limtikni bilib turib eyish uchun insonlik tabiatidan chiqish kerak. Buning ustiga, hayvon og‘ir kasallik etmasa, o‘zidan-o‘zi o‘lmaydi. Kasallik bilan o‘lgan hayvondagi turli illatlar va mikroblar uning butun go‘shtiga tarqalib ketadi. Tib ilmi bunga o‘xshash hikmatlarni ko‘plab kashf etgan. Biz bilmagan yana qancha hikmati bor. Ikkinchisi – qon. Ya’ni hayvonni so‘yganda oqqan qonini to‘plab olib, iste’mol qilish ham haromdir. So‘yilgan hayvonlarning tomirlarida qolgan qonlar harom emas. So‘yilgan hayvonlarning bo‘g‘izidan oqqan qonni ham sof insoniy tabiat inkor etadi. Tibbiy nuqtai nazardan qaraganda ham, hayvon so‘yilganda, undagi mavjud barcha mikroblar, kasalliklar va boshqa zararli illatlar qon bilan chiqib ketadi, ularni to‘plab, tanovul qilish koni ziyon. Alloh taolo insonga zarar keltiradigan narsalarning barchasini harom qiladi. Uchinchisi – cho‘chqaning go‘shti. «Go‘shti» deyilganidan «yog‘i yoki boshqa joyi halol ekan-da», degan fikr uyg‘onmasligi kerak. Cho‘chqa butkul harom. U ham najas va iflos bo‘lgani uchun o‘limtik va qon kabi haromdir. Qolaversa, cho‘chqa tabiati buzuq, iflos hayvon, nima ko‘rinsa, eyaveradigan maxluq. Sof tabiat egalari undan nafrat qiladilar. Eyilgan ozuqa inson vujudiga singib, o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Masalan, ba’zi dorilarni ichsangiz, Alloh u moddalarga bergan xususiyat tufayli tanadagi og‘riq qoladi, ba’zilari iste’mol qilinsa, asab o‘rniga tushadi va hokazo. Shuningdek, ba’zi ovqatlar issiqligingizni oshirib yuborsa, boshqasi sovuqligingizni oshiradi. Xulosa shuki, tanovul qilingan ozuqalar insonga har jihatdan ta’sir o‘tkazadi. Tajribalilarning ta’kidlashlaricha, dunyoda erkagi urg‘ochisini qizg‘anmaydigan birdan-bir hayvon cho‘chqa ekan. Tib olimlari cho‘chqa go‘shtida qon-tomir va yurak kasalliklarini tarqatuvchi moddalar borligini ham aniqladilar. Yana boshqa ko‘pgina zararlari ham ayon bo‘ldi. Bu haqda hatto o‘zlari cho‘chqa go‘shtini iste’mol qiladigan xalqlarning vakillari, Qur’on va Islomdan bexabar kishilar ilmiy ishlar qildilar, alohida kitoblar ham yozdilar. To‘rtinchisi – Allohdan boshqaning nomi aytib so‘yilgan hayvonning go‘shti. Avvalgi aytgan o‘limtik, qon va cho‘chqa go‘shtlarining haromligi ulardagi mavjud najosat va moddiy zararlar e’tiboridan edi. Ammo Allohdan boshqaning nomi aytib so‘yilgan hayvon go‘shtining harom bo‘lishida ul e’tibor mutlaqo yo‘q, balki boshqa e’tibor bor. Avvalo, shuni ta’kidlash kerakki, taomlarning halol-haromligini belgilashda insonning amaliga qarab hukm chiqariladigan faqat bir holat bor, u ham bo‘lsa, Alloh go‘shtini halol qilgan hayvonlarni so‘yish chog‘idir. Boshqa taomlarda bu holat mezon bo‘lmaydi. Misol uchun, nonni kim yopadi, «bismillah»ni aytadimi-aytmaydimi, baribir halol bo‘ladi. Shuningdek, mevalar, sabzavotlar va boshqa oziq-ovqatlarning hukmi ham insonning amaliga bog‘liq emas. Hayvonni so‘yayotganda esa so‘yuvchi shaxsga, uning niyatiga va so‘yish uslubiga qaraladi. So‘yuvchi hayvonni Allohdan boshqaning nomini aytib so‘ysa, go‘sht haromga aylanadi. Bu erda moddiy emas, balki ma’naviy-ruhiy holat e’tiborga olingan. Insonni yaratib, unga jon ato etgan Zot Alloh taolodir. Xuddi shuningdek, so‘yiladigan hayvonni ham yaratib, unga ham jon ato qilgan Alloh taoloning O‘zidir. U Zot bir maxluqiga (insonga) boshqa ba’zi maxluqlarini (ayrim hayvonlarni) so‘yishga va go‘shtga aylantirib foydalanishga ruxsat berdi. Bu ishni amalga oshirish paytida bir necha shartga rioya etishga buyurdi. Avvalo, hayvonni so‘yib, jonini chiqarish paytida shu jonni bergan Zotni eslash lozim. Agar o‘sha hayvonga jon ato qilgan Allohni qo‘yib, boshqaning nomi zikr etilsa, ma’naviy jinoyat sodir bo‘lgan bo‘ladi. Bu esa qalb, ruh va vijdon pokligiga ziddir. Demak, u go‘sht ma’naviy najosatdir. Shuning uchun ma’naviy najosatga aylangan bunday go‘sht ham harom hisoblanadi. Alloh taolo jon ato etgan va mo‘minlarga halol etilgan hayvonlarni so‘yganda, go‘shti ham halol bo‘lishi uchun hayvonni Allohning ismini aytib, «Bismillahi, Allohu akbar», deb so‘ymoq lozim. Keyin qassob e’tiqodli odam, ya’ni Islom aqiydasidagi yoki ahli kitob – yahudiy yoki nasroniy aqiydasidagi kishi bo‘lishi kerak. Va hayvonni shariat hukmiga muvofiq so‘yish lozim. Hayvonni so‘yishda Islom shariatining hukmi bunday: tomog‘idan so‘yib, bo‘ynidagi yo‘g‘on qon tomirlarining ikkisi yoki bittasi, halqumi va qizil o‘ngachi kesilishi kerak. Shu shartlarga ko‘ra so‘yilgan hayvon go‘shti halol bo‘ladi. Bo‘lmasa, «Albatta, U Zot sizlarga faqat o‘limtikni, qonni, cho‘chqa go‘shtini va Allohdan o‘zgaga atab so‘yilgan narsalarni harom qildi», degan Alloh taoloning kalomiga binoan, harom bo‘ladi. Lekin ayrim istisno hollarda «harom» sanalgan mazkur narsalardan tanovul qilishga ruxsat berilgan. «Kimki maza talab qiluvchi va haddan oshuvchi bo‘lmagan holda majbur bo‘lib qolsa, unga gunoh yo‘q. Albatta, Alloh o‘ta mag‘firatlidir, o‘ta rahmlidir». Masalan, deylik, bir odam och qoldi, o‘lim xavfi tug‘ildi, mazkur harom narsalardan boshqa eydigan narsa yo‘q. Shunday holdagina o‘lmay qolish uchun esa bo‘ladi. Faqat oyati karimada ta’kidlanganidek, zulm qilmay, haddan oshmay esa, unga gunoh bo‘lmaydi. Mutlaqo zaruratsiz, qiyinchilik bo‘lmasa ham esa, o‘ziga zulm qilgan bo‘ladi. Egan paytida to‘yib, keragidan ortiq eb yuborishi esa haddan oshishga kiradi. Ulamolarimiz: «O‘lim xavfida qolgan odamning ushbu narsalardan o‘lmay qoladigan darajada eyishiga ruxsat ushbu oyatdan olingan», – deyishadi. Ammo «Bu harom narsa, o‘lsam ham emayman!» deya qaysarlik bilan o‘lib ketgan inson gunohkori azim bo‘ladi. O‘tgan azizlardan Masruq rahmatullohi alayhi: «Kim majbur bo‘lsa-yu, emay-ichmay o‘lib ketsa, do‘zaxga kiradi», – deganlar. Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadiki, Sa’d ibn Abu Vaqqos roziyallohu anhu Nabiy alayhissalomga: – Ey Allohning Rasuli, duo qiling, Alloh meni duosi qabul bo‘ladiganlardan qilsin, – dedilar. Shunda Nabiy alayhissalom: – Ey Sa’d, taomingni halol qil, duosi qabul bo‘ladigan bo‘lasan. Muhammadning joni qo‘lida bo‘lgan Zot bilan qasamki, bir odam harom luqmani qorniga tashlasa, Alloh uning duosini qirq kungacha qabul qilmaydi. Qaysi bandaning go‘shti haromdan va ribodan o‘ssa, unga do‘zax munosibdir, – dedilar. Alloh taolo ushbu va boshqa oyatlarda musulmonlarga halol va harom narsalar haqida hukmlar nozil qilganida, yahudiylar o‘z odatlariga binoan, yana turli gaplar tarqatdilar. «Bizda bu halol edi», «Tavrotda bu haqda bunday deyilgan edi», deya musulmonlarni shak-shubhaga tushirib, fitna qo‘zidilar. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Ushbu o‘limtik qatoriga odamning o‘limtigi ham kiradi. Vallohu a’lam!
28 Aprel 2022, 23:02 | Savol-javoblar | 200 | Islam