O‘g‘rilik va o‘g‘irlagan narsalar xukmi

Assalomu alaykum! Bir necha yil avval chet elda do‘kondan narsa o‘g‘irlagan edim. Tovba qildim. O‘g‘irlagan narsalarni bolalar uyiga berib yubordim. Islomga qaytib, o‘g‘rilik va o‘g‘irlagan narsalar xukmini o‘rganishni boshladim. O‘g‘rilik qilgan chet eldagi do‘konga pul xadya berish taklifini kiritdim, o‘g‘irlaganimi aytmasdan (menga nisbatan chora qurishi mumkinligidan qo‘rqib). Lekin bu taklifni do‘kon raxbariyati rad etdi. O‘g‘rilik qilgan xaqni qanday qaytarsam bo‘ladi? Pulni muxtojlarga xadya qilib yuborsam bo‘ladimi? Musulmon yoki musulmon emasligini axamiyati bormi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘sha o‘g‘irlanganini yozib, pulni o‘sha do‘konga tashlab ketishingiz mumkin. Kimligingizngi aytishingiz shart emas. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 22:17 | Savol-javoblar | 139 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar