Hadisi qudsiy farqi

Assalomu alaykum! Bilamizki hadisi qudusiy – Alloh subhanahu va taolining Kur’on kitobiga kiritilmagan gapi. Hadisi sharif – payg‘ambarimiz Nabiy sollalohu alayhi vasallamning gaplari. Shu joyda savol tug‘iladi. Payg‘ambarimiz Nabiy sollalohu alayhi vasallamning har bir gaplari o‘git va hadis sanaladi. U kishi havodan olib gapirmaganlar. Demak Alloh aytgan gapni aytganlar. Farqni ilmsizligim sababli sezmayapman va sizdan so‘rab bilib olishni ma’qul ko‘rdim
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ma’nosi ham nazmi ham ya’ni qaysi so‘zlarni ishlatgani Alloh tarafidan bo‘lsa oyat bo‘ladi. ma’nosi Allohdan bo‘lib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “Robbim shunday deb aytdi” deb Allohning so‘zini keltirsalar, Qur’onga kiritilmagan bo‘lsa hadisi qudsiy bo‘ladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Alloh bildirgan narsani Alloh shunday dedi deb aytmasdan o‘zlari aytsalar hadis bo‘ladi. Vallohu a’lam!

10 May 2022, 22:17 | Savol-javoblar | 186 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar