Nikohi botilmi?
Assalomu alaykum! Mana inshaALLOH uylanish arafasidamiz “Baxtiyor oila” va yana shunga o‘xshash to‘y va boshqa fiqxiy umuman olganda xayotiy kitoblarni o‘qib ilimimiz oshmoqda. Bunga sababchi bo‘lganlarni Alloh jannati naim bilan mukofotlasin. Shuni bildimki bir nikoh to‘yiga aroq(xamr) qo‘yilgan bo‘lsa to‘yxonada ko‘chada turib mehmonlarni kutib olib “xush kelibsizlar, marhamat ichkariga” kabi so‘zlar bilan peshvoz chiqqanlar iymondan ajrar ekan. Demak bularni avvaldagi nikohi botil bo‘ladimi? Men shunday tushindim, adashgan bo‘lsam Alloh kechirsin. Ko‘p haromlar aralashgan to‘ylarni eshtganmiz balkim buni bilmasdan to‘ylarda xizmat ham qilganlarimiz bo‘lgandir. O‘ylab qaralsa u insonlar zino amalini qilib undan tug‘ilgan farzandlar valadi zino bo‘pqolarmikan degan tashvishda bo‘ldim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bunchalikka bormaslik kerak. Chunki kutib olayotgan inson mutloq to‘yga kelganlarni kutib oladi, ya’ni aynan xamr ichishga kelganiga xush kelibsiz demaydi. Albatta bundan ehtiyot bo‘lish yaxshi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 10:03 | Savol-javoblar | 147 | Islam