Ishxonaga oid
Assalomu alaykum! Ishxonamizdagi ba’zi ishlar bo‘yicha bir necha savollar bermoqchi edim. 1. Ishxonaga tegishli bo‘lgan kompyuter, printer va qog‘ozlardan foydalanib shaxsiy pul topish maqsadida hujjatlarni ushbu jihozlarda chiqarib sotishdan topilgan pul halolmi? O‘zimiznining shaxsiy xujjatlarimizni nusxasini ko‘paytirish yoki skaner qilib olishimiz joizmi? 2. Ishxonaning internet tarmog‘idan shaxsiy maqsadlarda foydalanish qanchalik to‘g‘ri? Agar internet uchun bir oyga ajratilgan trafik miqdori foydalanilmay qoladigan bo‘lsa o‘zimizga kerakli bo‘lgan boshqa ma’lumotlar topish uchun foydalansak bo‘ladimi? 3. Ish vaqtimiz soat 8:00 dan 17:00 gacha. Ushbu vaqt uchun maosh yoziladi. Agarda ish vaqti hisobidan ish joyida bo‘lmay boshqa ishlar bilan band bo‘lsa ishlanmagan vaqt uchun hisoblangan ish xaqqini olish joizmi? Agar boshqa payt ishlarni bajarib berish sharti bilan ish joyida bo‘lmasachi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Halol emas. 2). Ishxonaning rahbaridan rozilik olish kerak. 3). Buni ham boshliq bilan kelishish kerak. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 22:17 | Savol-javoblar | 149 | Halol va harom
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Halol emas. 2). Ishxonaning rahbaridan rozilik olish kerak. 3). Buni ham boshliq bilan kelishish kerak. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 22:17 | Savol-javoblar | 149 | Halol va harom