Ishxonadagi namoz odoblari
Assalomu alaykum! Men ishlaydigan ishxonada namoz uchun qulaylik yaratilgan, ammo ko‘p odam sig‘maydi. 10-12 kishi bir vaqtning o‘zida sig‘ishi mumkin. Lekin namozxonlar ko‘pligi sababli namoz vaqtida navbat ko‘payib ketadi. Shunaqa vaqtlarda Peshin yoki shom namozlarining faqatgina farzlarini ado etish mumkinmi?( Boshqalarni ko‘p kuttirib qo‘ymaslik maqsadida, chunki taxorati tez-tez buzilishi mumkin bo‘lgan odamlar bor yoki, shoshilinch bo‘lishi mumkin). 2. 3 yoki 4 kishi peshin namozining farzini jamoat bo‘lib o‘qib turgan bir paytda, namozxonaga kirib kelgan kishi jamoatga qo‘shilmasdan o‘zboshimchalik bilan peshinning avvalgi 4 rakat sunnatini o‘qishga kirishib ketadi. bu qanchalik to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri? (umuman farz namozlarini imkoni bo‘la turib jamoatga qo‘shilmasdan aloxida to‘da-to‘da bo‘lib o‘qishlik xaqida bayon qilsangiz. Bu masalada mening ilmim bor Alxamdulillax, lekin ishxonamda ko‘pchilik bexabar va izlanmaydilar. Bu savolim shular uchun). 3. Peshin vaqtida masjidga yoki namozxonaga kirsayu, jamoat peshinnig farzini o‘qiyotgan bo‘lsa, iqtido qilib peshinning farzini ado etib bo‘lgandan so‘ng, avvalgi 4 rakat sunnatini o‘qish to‘g‘rimi yoki oxirgi 2 rakat sunnatini ado qilish kifoyami?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Joiz. 2). Farzga qo‘shilishi kerak. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam farzga takbir aytilgach boqsha namoz o‘qilmaydi – deganlar. Bunga bamdodgina mustasno. Bamdod farzidan bir rak’atga etishadigan odam ikki rak’at sunnatini o‘qib oladi. Qolganlarida farzni o‘qiganidan keyin o‘qiydi. 3). Qaysi birini qilsa ham bo‘laveradi. Asosiysi tortishmanglar. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 22:30 | Savol-javoblar | 178 | Namoz