Qur’on suralari
Hazrat menga “Qur’on suralarini qo‘l telefonlarida olib yurish bo‘lmaydi” degan edingiz, lekin men hozirgi kunda shunday qilmasam bo‘lmayapti. Chunki iymonim judayam sustlashib ketayapti. Boshqa payt tinglashga vaqtim bo‘lmayapti. Chunki ertalabdan kechgacha ko‘chada bo‘laman. Agar men Qur’on uchun alohida mp3 sotib olsam va unda faqat Qur’on suralari va maruzalar yozib olsam va uni kindikdan yuqorida va alohoda joylarda olib yursam bo‘ladimi? Bunga 1-sabab bo‘lsa 2-sabab Allohga shukur o‘zim Qur’on o‘qiyman va Qur’onni o‘rganayotgan paytlarimda men Ustozimga anchagina suralarni o‘qib topshirganman, deyarli yodlab olgan edim. Ammo darslarni tugatib ishga tushib ketgandan so‘ng, esimdan chiqib ketayapti va shu ishlarim uchun oxiratda javob berishimni ham bilaman.
Shayx Hazratlari shunday qilsam bo‘ladimi?
Javobingiz uchun tashakkur.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Olib yursa bo‘ladi. Ammo behurmat qilmaslik kerak.
1 May 2022, 11:26 | Savol-javoblar | 165 | Turli savollar