Toqatsizlik

Assalomu alaykum! Ustozlar man nogironman bormagan joyimiz qolmadi, ancha yillardan buyon tuzalmayapman. Borgan sari kuchsizlanyapman. Kelajakdan shumlanish mumkinmas. Lekin man qo‘rqib ketyapman ota-onam qariyapti, birovga muhtoj bo‘lishdan to‘shakka miqlanib qolishdan qo‘rqyapman. Va eng qo‘rqqanim shu kasalim sabab dinimda fitnalanib qolishdan qo‘rqqandim ammo fitnalanishni boshladim. Kasalim sabab shu qadar ko‘z o‘ngim qorongulashib qalbim qorayib ketdiki xatto endi manga xech qanday vaz nasihat tasir qilmayapti. Qalbim zulmatda qoldi. Umuman sakina yo‘q. Ustozlar qanday o‘zimga kelay yordam beringlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Birinchi o‘rinda “Allohim bergan dardinga roziman” deb ayting. Quyidagi hadisdan umid qiling. عَنْ جَابِرٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: يَوَدُّ أَهْلُ الْعَافِيَةِ يَوْمَ الْقِيَامَةِ حِينَ يُعْطَى أَهْلُ الْبَلَاءِ الثَّوَابَ لَوْ أَنَّ جُلُودَهُمْ كَانَتْ قُرِضَتْ فِي الدُّنْيَا بِالْمَقَارِيضِ. رَوَى التِّرْمِذِيُّ هَذِهِ السَّبْعَةَ Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Qiyomat kuni ahli balolarga savob berilgan paytda ahli ofiyatlar dunyoda terilari qaychi bilan qiyilgan bo‘lishini orzu qiladilar», dedilar».
Ushbu hadisni Termiziy rivoyat qilgan.
Sharh: Bu dunyoda o‘ziga etgan balolarni Alloh taoloning hukmidan deb bilib, ularga sabr qilgan mo‘min bandaga beriladigan savoblarga bu dunyoda balo-ofatlardan uzoqda bo‘lib o‘tganlar havas qilar ekanlar. Shuning uchun Alloh taoloning irodasi ila etgan balolarga sabr qilib, Alloh taolodan savob umidida bo‘lish lozim. Ushbu hadisi sharifda bu dunyoda balo-ofatlarga uchragan mo‘min banda uchun katta tasalli bor.
Shu bilan birga, alohida ta’kidlash lozimki, mo‘min banda savobi ko‘p bo‘lar ekan, deb, o‘zini o‘zi baloga urishi yoki o‘ziga o‘zi balo etishini tilashi mutlaqo mumkin emas. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!

10 May 2022, 22:40 | Savol-javoblar | 184 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar