Juma nomozdagi xolat
Assalomu alaykum! Bugun juma nomozga bordim, «Qad qomatis solax» dan keyin oldingi qatorda bo‘sh joylarni to‘ldiri uchun oldinga o‘ta boshladim(biz nomoz o‘qiydigan joyda bunga ko‘pam amal qilishmaydi), bir joyga borib to‘xtaganimda yonimda turgan bir yoshi ulug‘ otaxon, «qayt joyinga xa seni» deb urishib berdi (ochiqchasiga), orqaga qadam tashlagandim orqamdan kelgan odam va boshqalarning safi buzulib ketdi. Buning xukmi nima? Man to‘g‘ri ish qildimmi? Agar to‘g‘ri bo‘lsa nega bu otaxon xammani oldida ochiqchasiga urishib berdi? Oldindan katta rahmat. Alloh sizu bizni ilmimizni ziyoda qilsin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Hozirgi kunda qad-qomatni kutmasdan takbir boshlashi bilan safni tekislashni boshlash kerak. qod-qomatissolah da turadi degan gap o‘zini bilib, avvalgi saflarni savobini umid qilib tayyor bo‘lib turgan zotlarga tegishli edi. Holat qanday bo‘lgan bilmadik, lekin masjidda o‘zgani nafsoniyatiga tegadiga, dilini og‘ritadigan ishlarni qilish shar’an joiz emas. Musulmon birodarini shunday holatda kechira olish shariatda maqtalgan sifatlardandir. Vallohu a’lam!
30 Aprel 2022, 09:39 | Savol-javoblar | 173 | Ta’lim va muta’allim