Tog‘ sayoxatlari bilan bog‘liq savollar
Assalomu alaykum! O‘zim alpinizm bilan shug‘ullanaman. Tog‘ma-tog‘ ko‘p yuraman. Savollarim quyidagilardan iborat: 1). Qish mavsumida tog‘ning suvi juda sovuq va taxorat olishda qiynalaman. Ayniqsa oyoqni yuvishda, etik bog‘larini echib yana taqishda. Oyoq kiyimim tagidagi rezina tagligini hisobga olmaganda xamma taraflari teridan tikilgan va suv o‘tkazmaydi. Ushbu oyoq kiyimim mahsi o‘rniga o‘tadimi va mahs tortib namozimni uni echmasdan o‘qisam bo‘ladimi? 2). Ayrim xollarda suv topishning imkoni bo‘lmaydi, tuproq xam. Lekin qor bo‘ladi. O‘sha payt qorni olib tanaga surkab bo‘lsa xam taxorat olish qanchalik to‘g‘ri? 3). Shariatimizda tog‘ma-tog‘ yurish, tabiat go‘zalligidan bahramand bo‘lish, inson o‘zini bunday joylarda jismoniy sinab turishi ma’qul ko‘riladimi? Javob uchun oldindan tashakkur!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). To‘pig‘ingizdan balandda bo‘lsa tahorat bilan kiygan bo‘lsangiz ustidan mash tortishingiz joiz. 2). Qorni eritib, tomchilaydigan darajada qilib yuvishingiz mumkin. 3). Gunoh ish qilinmasa, muboh amal. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 00:39 | Savol-javoblar | 173 | Tahorat