Riboviy mollar
Assalomu alaykum! "Zikr ahlidan so‘rang" kitobida bug‘doyni bug‘doyga ko‘paytirib almashtirish riboligi aytilgan. Ammo, 1 ta qo‘yni 2 ta qo‘yga almashtirish mumkin deyilgan. Menga ikkala ish ham deyarli bir hilday bilinyapti hamda 1 kg yaxshi makkajo‘xorini 2kg sifati pastiga almashtirish mumkin bo‘ladimi? Iltimos oradagi farqni bayon qilib bersangizlar. Alloh rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloh taolo olamlar Robbisi. Xohlagan narsasiga buyurib, xohlagan narsasidan qaytarishga haqqi bor. Alloh taolo farishtalarni yaratdi ular faqat faqat ibodat qilishadi. Zarracha ham Allohga gunoh qilishmaydi. Jonivorlarni yaratdi, ular aslo halol harm, namoz, ro‘za degan narsalarga buyurilgan emas. Ular faqat eydilar, ichadilar, juft juft bo‘lib nasl qoldirishadi. Go‘shti eyiladigani eyiladi, go‘shti eyilmaydigani o‘sha holatda yashab o‘lib yo‘q bo‘lib ketishadi. Uchinchi toifa esa inson toifasi. Alloh insonni yaratdi, farishtalarning ba’zi bir ishlariga buyurdi, hayvonlarni ba’zi bir qiliqlaridan qaytardi. Evaziga abadiy jannatni yoki abadiy do‘zaxning ixtiyorini berdi. Siz bilan bizga hayvonlardek eb ichish, juft bo‘lib yashab nasl qoldirishga ruxsat berdi, farishtalarni ba’zi bir ibodatlarini qilishimizga buyurdi, hayvonlarga xos qiliqlardan qaytardi. O‘sha buyurganlaridan biri quyidagi hadisda keladi. عَنْ عُبَادَةَ بْنِ الصَّامِتِ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: الذَّهَبُ بِالذَّهَبِ وَالْفِضَّةُ بِالْفِضَّةِ وَالْبُرُّ بِالْبُرِّ وَالشَّعِيرُ بِالشَّعِيرِ وَالتَّمْرُ بِالتَّمْرِ وَالْمِلْحُ بِالْمِلْحِ مِثْلًا بِمِثْلٍ سَوَاءً بِسَوَاءٍ يَدًا بِيَدٍ، فَإِذَا اخْتَلَفَتْ هَذِهِ الْأَصْنَافُ فَبِيعُوا كَيْفَ شِئْتُمْ إِذَا كَانَ يَدًا بِيَدٍ. وَزَادَ فيِ رِوَايَةٍ: فَمَنْ زَادَ أَوِ اسْتَزَادَ فَقَدْ أَرْبَى، الْآخِذُ وَالْمُعْطِي فِيهِ سَوَاءٌ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ. وَلَفْظُ أَبِي دَاوُدَ: الذَّهَبُ بِالذَّهَبِ تِبْرُهَا وَعَيْنُهَا، وَالْفِضَّةُ بِالْفِضَّةِ تِبْرُهَا وَعَيْنُهَا Uboda ibn Somit roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Tillaga tilla, kumushga kumush, bug‘doyga bug‘doy, arpaga arpa, xurmoga xurmo, tuzga tuz, o‘xshashga o‘xshash, tengma-teng, qo‘lma-qo‘l. Qachon ushbu jinslar turlicha bo‘lsa, agar qo‘lma-qo‘l bo‘lsa, qanday xohlasangiz, sotaveringlar», dedilar».
Boshqa bir rivoyatda:
«Bas, kim ziyoda qilsa yoki ziyoda qilishni talab qilsa, batahqiq, riboga yo‘l qo‘yibdi. Uni oluvchi ham, beruvchi ham baribir», deyilgan.
Beshovlari rivoyat qilganlar.
Abu Dovudning lafzida:
«Tillaga tilla; yombisi ham, zarb qilingani ham. Kumushga kumush; yombisi ham, zarb qilingani ham», deyilgan.
Ayni shu oltita va shularni qatoriga kiradigan narsalarda oliy, past sortini hisobga olmaslikka buyurdi. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 23:01 | Savol-javoblar | 162 | Moliya va tijorat