Namozni buzuvchi amallar
Assalomu alaykum! Men “har doim to‘rtinchi rak’atda o‘tirmay turib ketilsa, modomiki beshinchi rak’atga ruk’u qilinmaguncha qayta o‘tirib sajdai sahv qilib namozdan chiqiladi. Agar beshinchi rak’atga ruku’ qilib yuborilsa, yana bir rak’at qo‘shib, olti rak’at qilib, sajdai sahv ila namozdan chiqiladi” deb bilaman va shunga amal qilardim. Bir qori aka bu holda namoz buziladi, chunki qa’dai oxir bo‘lmadi. “Muxtasar”da shunday deyilgan” dedilar. Shu to‘g‘rimi? Javob uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Agar namozxon qa’dai oxirga o‘tirmay turib ketsa, modomiki, sajda qilmagan bo‘lsa, qaytib o‘tiradi va sajdai sahv qiladi.
Chunki u farz amal bo‘lgan qa’dai oxirni kechga surdi.
Agar sajda qilgan bo‘lsa, farzi naflga aylanadi va agar istasa, oltinchi rak’atni qo‘shadi.
Beshinchi rak’atning sajdasini qilishi bilan farz namozi naflga aylanadi. Besh rak’atli namoz bo‘lmagani uchun oltinchi rak’atni ham o‘qib qo‘ysa, olti rak’atli nafl o‘qigan bo‘ladi. Farzni boshqatdan o‘qiydi.
Agar namozxon qa’dai oxirga o‘tirganidan keyin unutib turib ketsa, modomiki, sajda qilmagan bo‘lsa, qaytib o‘tirib, salom beradi.
Chunki tik turgan holda salom berib bo‘lmaydi. Bunda sajdai sahf qilmaydi.
Agar sajda qilgan bo‘lsa, farzi tamom bo‘ladi va oltinchi rak’atni qo‘shadi hamda sajdai sahv qiladi.
Chunki uning uchun namozidan salom berishdan boshqa narsa qolmagan edi. Sajdai sahvni qilishi naflni odatdagidek boshlamagani uchun bo‘ladi. O‘sha ortiqcha namoz uning uchun
Ikki rak’at nafl bo‘ladi. Ular peshinning sunnati o‘rniga o‘tmaydi.
Ya’ni o‘sha ikki rak’at ortiqcha namoz peshinning farzidan keyingi ikki rak’at sunnati o‘rniga o‘tmaydi. Ularni alohida o‘qiydi.(“Kofoya” kitobidan). Vallohu a’lam.
29 Aprel 2022, 09:14 | Savol-javoblar | 180 | Namoz