"Suyak ko‘miri" va shakar haqida

Assalomu alaykum va rahmatullohu va barakotu, Shayx Hazratlari.Yaqinda internetda shakarqamishdan tayyorlanadigan shakar haqida o'qib qoldim. Unda yozilishicha, shakar tayyorlash jarayonida shakarni oqartirish uchun "suyak ko'miri" (ingliz tilida "bone char" deb nomlangan) qollanilar ekan. U shakar bilan bevosita aloqada bo'lishi yozilgan. "Suyak ko'miri", berilgan ma'lumotlarga ko'ra, o'zi o'lgan sigir/mol suyagidan tayyorlanar ekan va tayyorlanish jarayonida 400-500 ’* gradus issiqlikda quritilib, ichidagi tirik (organik) moddalari yo'qotilar va kukun shakliga keltirilar ekan. Men yashayotgan joyda 70-80% shunday shakar ishlatiladi. Shu jarayonda tayyorlanadigan shakar harom bo'lib qolmaydimi? Shuning hukmini sizdan so'rab bilmoqchi edim. (yana internetda aytib o'tilganki qand lavlagidan tayyorlanadigan shakarda bu jarayon qollanilmas ekan.) Musulmonlarga qilayotgan yorgamingiz va ko'rsatayotgan xizmatlaringiz uchun Olloh sizdan va sizning yordamchilaringizdan rozi bo'lsin.Assalamu alaykum va rahmatillohu va barakotu.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Mazkur shakar halol, inshaalloh.

28 Iyul 2022, 13:29 | Savol-javoblar | 175 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar