Rasmni programmada o‘zgartirish
Assalomu alaykum! Masalan, odam kerak bo‘lgan joyga hujjat tayyorlayotganda, shu hujjatga kostyum va golstuk tushgan surati kerak bo‘lsa, masalan oddiy ko‘cha kiyimda rasmga tushib, fotoshopda kostum va golstuk qo‘ydirib olsa va shu rasmni chiqarib, kerak bo‘lgan joyga topshirsa, bu erda ham gunoh yo‘qmi? Bu erda aldov yo‘qmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Aldov, yolg‘on deb odatda haqiqatni teskarisini bir maqsad ila buzib ko‘rsatilishiga aytiladi. Bu erda kimnidir aldash maqsadi yo‘q. Hujjatdagi rasm xushro‘y bo‘lib ko‘rinishi uchun shunday qilinadi. Bu bilan odam o‘zini boy, imkoniyatli qilib ko‘rsatib, uning ortidan biror g‘arazli maqsadi bo‘lmaydi. Shuning uchun bu kabi holatlar aldov hisoblanmaydi. Hujjat beruvchilar ham bu holatni yaxshi bilishadi. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 23:23 | Savol-javoblar | 168 | Turli savollar