Niyat ustunmi yoki…?

Assalamu alaykum! Bir kishi bir qoriga ota-onasi yoki boshqa biror tanishi ruhiga savobini bag‘ishlash niyatida xatmi Qur’on buyurdi. Aytaylik qori ta’ma qilib yoki haq olib xatm qildi. "Ixtiloflar, sabablar, echimlar" kitobidagi ma’lumotlarga ko‘ra haq evaziga yoki ta’ma qilib o‘qilgan xatmda na tirikka va na o‘likka manfaat bor. Bu holatda dinimizdagi bosh mavzu bo‘lmish niyat masalasi qanday hal qilinadi? Albatta, men bu holatda xatm buyuruvchi niyatini nazarda tutyapman.

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu holatda xatmni buyuruvchini emas, xatm o‘quvchining niyati e’tiborga olinadi. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 15:07 | Savol-javoblar | 131 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar