Kofir bo‘lib qolishdan qo‘rqib o‘zini o‘ldirish
Assalomu alaykum! Musulmon inson ichidagi isyonlariga va nafsiga ergashib murtad bo‘lishdan qo‘rqsa, o‘zini o‘ldirsa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Dinimiz bundan qattiq qaytargan. عَنْ ثَابِتِ بْنِ الضَّحَّاكِ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَنْ حَلَفَ بِغَيْرِ مِلَّةِ الْإِسْلَامِ فَهُوَ كَمَا قَالَ، وَمَنْ قَتَلَ نَفْسَهُ بِشَيْءٍ عُذِّبَ بِهِ فِي نَارِ جَهَنَّمَ، وَلَعْنُ الْمُؤْمِنِ كَقَتْلِهِ، وَمَنْ رَمَى مُؤْمِنًا بِكُفْرٍ فَهُوَ كَقَتْلِهِ. رَوَى هَذِهِ الثَّلَاثَةَ الْأُصُولُ الْخَمْسَةُ.Sobit ibn Zahhok roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Kim Islom millatidan boshqa narsa bilan qasam ichsa, u o‘zi aytganidekdir. Kim bir narsa bilan o‘zini o‘zi o‘ldirsa, o‘sha narsa bilan jahannam olovida azoblanadi. Mo‘minni la’natlash uni qatl etish kabidir. Kim mo‘minni kofirga chiqarsa, bu uni qatl etish kabidir», dedilar».
Ushbu uch hadisni beshovlari rivoyat qilganlar.
Sharh: Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam o‘zlarining ushbu hadisi shariflarida to‘rtta muhim va har bir mo‘min-musulmon juda ehtiyot bo‘lishi lozim bo‘lgan masalani zikr qilmoqdalar:
1. «Kim Islom millatidan boshqa narsa bilan qasam ichsa, u o‘zi aytganidekdir».
Boshqa rivoyatlarda bayon qilinishicha, kim «Agar falon ishni qilsam, yahudiy bo‘lay», desa, yahudiy bo‘ladi. Yoki «Agar falon ishni qilmasam, nasroniy bo‘lay», desa, nasroniy bo‘ladi. Mazkur munkar ishni qilgan odamning bu tasarrufi kufrdan iboratdir. Shuning uchun ham hech bir musulmon banda yuqoridagiga o‘xshash gaplarni zinhor va zinhor tilga olmasligi kerak.
2. «Kim bir narsa bilan o‘zini o‘zi o‘ldirsa, o‘sha narsa bilan jahannam olovida azoblanadi».
Bu masalaga tegishli hukmlarni «Haddlar kitobi»da mufassal o‘rganib chiqamiz. Kim o‘z joniga qasd qilsa, xuddi o‘zganing joniga qasd qilgandek, gunohkor bo‘ladi. Chunki unga jonni Alloh taolo bergan, shuning uchun ham jon bandaning emas, Alloh taoloning mulki hisoblanadi. O‘zini o‘zi o‘ldirgan odam Alloh taoloning irodasiga qarshi chiqqan nobakor sifatida oxiratda qattiq azoblarga giriftor bo‘ladi. Jumladan, u o‘zini bu dunyoda nima bilan, qanday qilib o‘ldirgan bo‘lsa, jahannamda ham o‘zini xuddi o‘sha narsa bilan, xuddi o‘shandoq qilib, qayta-qayta o‘ldirib turadi.عَنْ جَابِرِ بْنِ سَمُرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: أُتِيَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ بِرَجُلٍ قَتَلَ نَفْسَهُ بِمَشَاقِصٍ، فَلَمْ يُصَلِّ عَلَيْهِ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ إِلَّا الْبُخَارِيَّ.Jobir ibn Samura roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallamga o‘zini mishqoslar bilan o‘ldirgan odam olib kelindi. Bas, u zot unga janoza o‘qimadilar».
Beshovlaridan faqat Buxoriy rivoyat qilmagan.
Sharh: «Mishqos» – keng tig‘li, pichoqqa o‘xshash narsa.
O‘zini-o‘zi o‘ldirish Islomda qattiq qoralanadi. Bu ish mo‘min-musulmon odamga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydigan ishdir. O‘zini-o‘zi o‘ldirish Allohning qazoi qadariga norozi bo‘lish, Alloh bergan hayot ne’matiga nonko‘rlik qilish, osiylik va irodasizlikdir. O‘zini-o‘zi o‘ldirish musulmonlarga xos bo‘lmagan qo‘rqoqlik va nomardlikdir.
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning o‘zini-o‘zi o‘ldirgan odamga janoza namozi o‘qimaganliklari bu odamga qilgan noma’qulchiligi uchun berilgan munosib jazo hamdir. Oxiratda esa alohida jazolar bo‘ladi.
Imom Buxoriy Sobit ibn Zahhok roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Rasululloh alayhissalom:
«Kim o‘zini temir asbob bilan o‘ldirsa, jahannam otashida o‘sha bilan azoblanadi», deganlar.
Imom Buxoriy Jundab roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam:
«Bir odamning jarohati bor edi. U o‘z joniga qasd qildi. Shunda Alloh azza va jalla:
«Bandam joni haqida Mendan avval o‘zi shoshqaloqlik qildi. Unga jannatni harom qildim», dedi», deganlar.
Imom Buxoriy Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam:
«O‘zini-o‘zi bo‘g‘gan do‘zaxda ham o‘zini bo‘g‘ib turadi. O‘ziga-o‘zi pichoq urgan do‘zaxda ham pichoq urib turadi», deganlar. Demak, o‘zini-o‘zi o‘ldirgan odamning do‘zaxga tushishiga shubha yo‘q.
Odamlarga o‘rnak bo‘lishi uchun bu dunyoda ham undaylarga o‘zgacha munosabatda bo‘linadi.(“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
12 May 2022, 15:29 | Savol-javoblar | 165 | Dolzarb savollar