Savol berishni o‘rganaylik(iloji bo‘lsa hamma o‘qisin)
Assalomu alaykum! Bizlarga ilm olishni farz qilgan Alloh taologa O‘zining jaloliga munosib hamd va sanolar bo‘lsin!
Allohning kalomi bo‘lmish Qur’oni Karimni ummatlariga omonat ila etkazgan, uning ahkomlarini to‘liq tushuntirib bergan va bizga hayotning barcha sohalarida qanday yo‘l tutishni o‘rgatgan, olamlarga rahmat Payg‘ambarimiz – Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamga durudu salavotlar bo‘lsin! Dinimizning ilmlarini o‘rganib, Allohga yaqin banda bo‘laman degan barcha birodarlarimizga xolisona maslahatlarimni aytmoqchiman. Men shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahullohning muxlisiman, u kishining har bir asarini qunt bilan o‘qib, xulosalar chiqarishga va ularni hayotga tatbiq qilishga harakat qilaman. Hayotlik paytlarida Toshkentda o‘qishda yurganimda Ramazon oyidagi ma’ruzalarini ikki marta eshitganman, alhamdulillah! Bu insonga hurmatim behad. Iloyo joylari Firdavs jannatidan bo‘lsin!
Avvalambor shu islom.uz portali va uning tarkibidagi barcha saytlarda, xususan, savollar.islom.uz saytida jonbozlik ko‘rsatayotgan barchaga Allohning roziligini tilayman!
Barchaga aytmoqchi bo‘lgan gapim shuki, biz, ya’ni diniy bilimi to‘liq bo‘lmagan fuqarolar «Zikr ahlidan so‘rang» sahifasidan biroz andisha bilan savol so‘rashimiz lozim deb bilaman va buni hammaga tavsiya qilaman!
Bu saytdan yaqindagina ro‘yxatdan o‘tishimga qaramay, o‘ndan ortiq savol va murojaat bilan ularni bezovta qildim. Hammasiga javob ham oldim, ammo sahifaga qayta-qayta berilgan savollardan ikkitasini men ham yana beribman. Javob ham shunga yarasha keldi. Bu takror qisman erinchoqligimdan va sabrsizligimdandir. Ammo hozir bundan behad shod va xursandman! Sababini so‘rasangiz, bu men uchun katta bir saboq bo‘ldi. Endi men shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahullohning kitoblarini o‘qishning o‘ziga xos usulini yo‘lga qo‘ydim (bu ayniqsa yangi kitobxonlar uchun tavsiya). Tavsiyalar:
Avvalambor ushbu maqolani sinchiklab o‘rganib chiqib, amal qilinglar:
https://islom.uz/view/ilmni-tartib-bilan-olish-kerak">https://islom.uz/view/ilmni-tartib-bilan-olish-kerak
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahullohning kitoblarini yaxshi niyat bilan, tahorat qilib, ilm olish farz, bu Allohning menga buyrug‘i deya boshlash kerak (Shayximiz rohimahullohning «Iymon» kitoblarida shu ma’nodagi gap bor). Ushbu maqola menga koni foyda bo‘ldi, bu chin haqiqat!
Bitta daftar tutib, maqoladagi tavsiyaga binoan tushunmagan jumla va so‘zlarni yozib bora boshladim. Kompyuteri borlar alohida joy ochib, alohida Word-fayl ochib, erinmasdan yozib borsalar undan ham yaxshi, chunki istalgan payt (Ctrl+F tugmasi orqali) istalgan so‘zni topib olishlari, olingan bilimlarni yana takrorlashlari mumkin bo‘ladi. Men ikki usulni ham qo‘llayapman: daftarim ham bor, Word-fayl ham.
Yana bir asosiy tavsiyam shuki, yangi o‘rganuvchilar birorta notanish so‘zni ko‘rib qolishsa, darrov «Ahkom nima?», «Siyoq nima?» deb, «Zikr ahlidan so‘rang» xizmatidagi ulamolarni, ahli ilmlarni bezovta qilavermasdan, kompyuteri, interneti borlar «O‘zbek tilining izohli lug‘ati»ni to‘liq yuklab olishlari, bunday imkoni bo‘lmaganlar kitobni sotib olishlari, unga ham imkoni bo‘lmaganlar esa kutubxonalardan olib foydalanishlari lozim, menimcha. Quyida izohli lug‘atni joylayman, inshaalloh. https://n.ziyouz.com/kutubxona/category/10-o-zbek-tilining-izohli-lug-ati">https://n.ziyouz.com/kutubxona/category/10-o-zbek-tilining-izohli-lug-ati Bu menga juda katta foyda berdi, chunki shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahullohning asarlaridagi tushunmagan so‘zlarimning aksari arab tilidan olingan ekan. Ma’nolarini esa shu izohli lug‘atdan topyapman. Ba’zan bir so‘zda 2-3 ma’no ham jam bo‘lishi mumkin, siz esa matndagi ma’noga yaqinini olasiz. Tajribamdan bilamanki, bu ko‘proq vaqt talab qilishi mumkin, ammo ilmni oz bo‘lsa ham, davomiy olganimiz yaxshi-ku! Qolaversa, buning foydasi katta – qisqa matnning yodingizda muhrlanib qolishiga sabab bo‘ladi, inshaalloh!
Ming afsuslar bo‘lsinkim, hozirgi kunda ko‘pchilik bekorchi, o‘ziga foydasiz bo‘lgan har xil narsalarga berilgan. Buning o‘rniga kitob o‘qib, savol chiqib qolsa, «Zikr ahli» bor-ku, demasdan, astoydil ilm olish kerak. Bilmagan savolining javobini hech qaerdan topa olmasa, saytdagi «Izlash xizmati»dan ham topa olmasa, shundan keyingina so‘rashsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
Darvoqe, «Izlash xizmati»dan foydalanishni ham o‘rganish kerak. Ko‘pchilik juda ko‘p so‘ralgan gapni qayta-qayta so‘rashaveradi (men ham shular jumlasidan edim, ammo endi takrorlamaslikka harakat qilaman). Endi tushundim, agar ilm talabidagi inson savollar.islom.uz saytiga kirib, so‘zma-so‘z yoki qo‘shib, har xil kombinatsiyada (kirill va lotin alifbolarida) qidirib ko‘rsa, javob tezda chiqib keladi, inshaalloh. Xullas, savol avval berilmagan bo‘lsagina, bu xizmatdagi ulamolarni bezovta qilishimiz kerak. «Zikr ahlidan so‘rang» xizmati savollarimizga xolis, Alloh uchun javob beradi, ammo «javob berar ekan-ku» deb, tinmay har xil mayda-chuyda savollarni ham beravermaslik kerak, ayniqsa har xil behuda gaplar, bid’at va irim-sirimlar haqida).
Saytdan kuzatamanki, ko‘pchilik dinga umuman aloqasi yo‘q narsalarni ham so‘rashaveradi. Ba’zan javobni ko‘rmay turib ham, «Buning dinga aloqasi yo‘q-ku» degan javob berilgan bo‘lsa kerak deb tursam, xuddi shunday bo‘ladi ham! Men, ya’ni ilmni endi o‘rgana boshlayotgan yosh odam ham shuni bilyapmanmi, demak, boshqalar ham bilsa kerak deb o‘ylayman.
Qadimda odamlar ilm izlab juda uzoq o‘lkalarga borishgan ekan. Hozirgi texnologiyalar rivojlangan va shiddat bilan o‘sayotgan zamonamizda tayyor adabiyotlardan va tayyor imkoniyatlardan to‘liq foydalanish kerak, xolos. Hech qaerga chiqmasak, qadimgi zamon odamlariga o‘xshab, jaziramada tuyada yurmasak, konditsionerning muzdek shamoli tagida o‘tirgan bo‘lsak, buning qadriga etaylik. Ko‘pchiligimiz smartfonni bekordan-bekorga kavlaymiz, u zormanda esa bekorchi narsalar bilan to‘la (to‘g‘ri, hammada ham emas, ammo ko‘pchilikda). Biz Alloh bergan ne’matdan to‘g‘ri foydalanib, barcha diniy va dunyoviy ilmlarni puxta egallab, Vatanimizga foyda keltirishimiz kerak!
Birgina iltimosim shuki, bu gaplarimni maqtanishlikka yo‘ymang! Bu mening ojizona bir tavsiyalarim edi. Ammo yozmasam, vijdonim qiynalardi, chunki o‘zimga ravo ko‘rganimni birovga ham ravo ko‘rishim shart deb bilaman.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh aytganlaridek, musulmon banda faqat bir taraflama emas, balki barcha sohalarda – dinu dunyoda barchaga o‘rnak, namuna bo‘lishi kerak. Musulmon odam aql jihatdan ham, ilm jihatdan ham, jismonan ham kuchli, baquvvat bo‘lishi kerak. Ustozimiz ham shunday edilar!
Shunday ekan, keling, Islomning birinchi masdari bo‘lmish Qur’on ilmini hamda ikkinchi masdar bo‘lmish hadis ilmini qalblarimizga jo qilaylik! Shundagina shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh ko‘p bora ta’kidlaganlaridek, «Yaxshilik bo‘ladi, xayr-baraka bo‘ladi, juda go‘zal ish bo‘ladi!»
So‘zimning oxirida «Zikr ahlidan so‘rang» hay’atiga yana bir bor o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Ishlaringiz doimo oldinga yursin, barchamizga dinda sobitqadam bo‘lish nasib etsin. Ustozimiz rahimahullohning barcha shogirdlarini Alloh taolo jannatda ustozimiz bilan birga qilsin!
So‘zlarimni shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahullohning asarlaridan o‘rgangan ushbu jumlam bilan yakunlay dedim:
«Tavsiyalarimdan ozgina bo‘lsa ham foyda topsangiz, Alloh taolodan deb, agar kamchiliklari bo‘lsa, kaminadan deb biling!»
E’tiboringiz uchun katta rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Baraka toping. Alloh taolo qolganlarga ham fahmi salim, aqli salim va qalbi salim ato qilsin. Vallohu a’lam!
27 Aprel 2022, 07:50 | Savol-javoblar | 168 | Ta’lim va muta’allim